Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:22

Muammar Qaddafiy o‘ldirildi


Bu jasadning Qaddafiyniki ekani aytilmoqda.
Bu jasadning Qaddafiyniki ekani aytilmoqda.
Qaddafiyning Sirtda qo‘lga tushib¸ otishma paytida olgan jarohatlaridan o‘lganini Liviya muvaqqat hukumati rahbari tasdiqladi.

"Muammar Qaddafiy Qaddafiy Sirtdan qochayotgan payti ushlandi va otishma payti o‘ldirildi" degan xabarni dastlab Liviyadagi mahalliy radiokanallar xabar tarqatdi.

Bu xabarlardan bir soatcha o‘tar-o‘tmas Liviya O‘tish davri Milliy kengashi Bosh vaziri Mahmud Jibril Muammar Qaddafiyning o‘ldirilganini tasdiqladi.

Liviya o‘tish davri Milliy kengashi rasmiysi Abdul G‘oga Qadadfiy o‘ldirilgani haqida matbuotga inverьyu berdi.

- Biz butun dunyoga ma‘lum qilamizki, Qaddafiy revolyutsiya natijasida halok bo‘ldi. Bu tarixiy daqiqalar. Bu diktaturaning qulashi. Bu nihoyat Liviya uchun va butun dunyo uchun nihoya topdi dedi, Abdul G‘oga.

Biroz avval Liviya O‘tish davri Milliy kengashi axborot vaziri Mahmud Shamman Qaddafiyning Sirtdan qochayotgan payti o‘ldirgani haqida ma‘lum qilgan edi.

Telekanallar tomonidan Qaddafiyniki deb taqdim etilgan oddiy mobil telefonida tushirilgan qonli jasad suratining Muammar Qaddafiyniki ekani ham muvaqqat hukumat rasmiylari tomonidan tasdiqlandi.

Сирт ишғол қилинди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:44 0:00
Бевосита линк

Keyinchalik “Al-Jazira” telekanali mobil telefonida olingan Qaddafiyning jasadi aks etgan videolarni ham namoyish qildi.

Mahmud Shammanga ko‘ra, Qaddafiy jasadi Misrataga jo‘natiladi.

Liviya rasmiylariga ko‘ra, Qaddafiy NATO hujumlari paytida Sirtdan konvoylar hamrohligida mashinada qochib ketayotgan payti ushlangan.

NATO vakili, polkovnik Roland Lavua Sirtda qaddafiy tarafdorlari ketayotgan avtomobillar karvoniga NATO samolyotlari hujum qilganini tasdiqladi.


Liviya O‘tish davri milliy kengashi rahbari Mustafo Abdul Jalilga ko‘ra, Qaddafiy ikkita oyog‘idan og‘ir yarador bo‘lgan va ushbu jarohat bois halok bo‘lgan.

AQSh Davlat departamenti Qaddafiyning qo‘lga olingani yoki uning o‘ldirilgani xabarini tasdiqlay olmasligini bildirdi.

20 oktyabr tongda Muammar Qaddafiyning ona shahri Sirt ishg‘ol qilindi.

Mahmud Shammanga ko‘ra, Sirt ishg‘ol qilinishi liviyaliklar uchun haqiqiy bayramdir.

- Biz aniq bilamiz Sirt ozod qilindi va bu daqiqalarni kutgan Liviya xalqi uchun bugun o‘ta muhim kun, deydi Mahmud Shamman.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra¸ Qaddafiy bilan birgan uning o‘g‘li Mutassim ham Sirtda otasi bilan birga o‘ldirilgan¸ Qaddafiyning yana bir o‘g‘li Saifning esa¸ hamon qochib yurgani aytilmoqda.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron Qaddafiy o‘ldirilganini olqishlar ekan “Bugun Qaddafiy qurbonlarini eslash kuni” dedi.
XS
SM
MD
LG