Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:46

Qirg‘iz parlamenti raisi o‘rinbosari o‘zbeklarga tuhmat qildimi?


Qirg‘iziston parlamenti raisi Bo‘do‘sh Mamirova tekshirilmagan mish-mish asosida shov-shuvli bayonot berishdan qo‘rqmadi.
Qirg‘iziston parlamenti raisi Bo‘do‘sh Mamirova tekshirilmagan mish-mish asosida shov-shuvli bayonot berishdan qo‘rqmadi.
20 oktyabr kuni qirg‘iz parlamenti raisi o‘rinbosari o‘zbeklarni mish-mishlar asosida garovgirlikda aybladi.

20 oktyabr kuni Qirg‘iziston parlamentining navbatdagi yig‘inida spiker o‘rinbosari Bo‘do‘sh Mamirova Jalolobod viloyati Safedbulon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi o‘zbeklarni Olabuqa tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbarini garovga olganlikda aybladi.

Bo‘do‘sh Mamirovaning aytishicha, 17 oktyabr kuni Jalolobod viloyati Olabuqa tumaniga qarashli asosan o‘zbeklar istiqomat qiluvchi Safedbulon qishlog‘i aholisi odam o‘ldirganlikda ayblanib qo‘lga olingan safedbulonlik ikki yigitning ozod qilinishini talab qilib miting o‘tkazgan.

- Mitingni to‘xtatgani tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbari borsa, uni garovga olishibdi. Oxiri qotillik bo‘yicha qo‘lga olingan bolani olib borishib, militsiya rahbariga almashtirib kelishibdi. Rahbar bilan qotillik bo‘yicha qo‘lga olingan bolani almashtirganda qishloqliklar qo‘llarini ko‘tarib olib: “Biz yengdik, biz yengdik”, deb baqirib kirib ketishibdi. O‘zinglarga ma‘lum Safedbulon qishlog‘ida o‘zbeklar istiqomat qiladi. Buni biz o‘z vaqtida nazoratga olmasak, e‘tibor bermasak bo‘lmaydi. O‘sh voqeasi boshlanishi ham aynan Olabuqadan boshlangan, dedi Bo‘do‘sh Mamirova.

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Ahmatbek Keldibekov esa parlamentning mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi hamda tartib, qonun va korruptsiyaga qarshi kurash qo‘mitasiga Olabuqada bo‘lib o‘tgan bu mojaro sabablarini o‘rganib chiqish va tekshiruv natijalarini palament muhokamasiga qo‘yishni topshirdi.

- Agarda haqiqatdan shunday bo‘lgan bo‘lsa, mas‘ul xodimlar javob berishlari kerak. Davlatda bunday ishlarning bo‘lishi sharmandalik. Shuning uchun ikki qo‘mitaga topshirma, tez orada aniqlab, deputatlarga ma‘lumot berishsin, - dedi Ahmatbek Keldibekov.

Qirg‘iziston kuch tizimi rasmiylari esa parlament spikeri o‘rinbosari Bo‘do‘sh Mamirovaning Olabuqa tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbari garovga olingani to‘g‘risida aytgan so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirmoqdalar.

- Birovni birov miltiq bilan otib o‘ldirib qo‘ygan ekan. O‘shani qo‘lga olgani borishsa, odamlar: “Nimaga kelayapsizlar? Nimaga qo‘lga olasizlar?” deb chiqishibdi. Keyin Ichki ishlar bo‘limi rahbari borib, tushuntirganidan keyin, aksincha, odamlar jinoyatga aloqadorlarni qo‘lga olishga yordam berishgan. Bugungi kunda ularning ikkalasi ham xibsxonada saqlanayapti. Hech qanday garovga olish hollari bo‘lmadi. Noto‘g‘ri ma‘lumot bo‘libdi, dedi Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining janub bo‘yicha rasmiysi Jenish Ashurbayev.
XS
SM
MD
LG