Линклар

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik uch mardikor "Zenit" futbol klubi fanati Roman Lovchikov o‘limida gumonlanib hibsga olindi.

Sankt-Peterburg Tergov Boshqarmasi ma‘lumotiga ko‘ra, 18 oktyabr kuni kechasi soat 10 larda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 41 yoshli Ikrom Roziqov, uning ukasi 33 yoshli Nizom Roziqov va 32 yoshli Ma‘mur Qudratovlar bilan mahalliy to‘rt fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqadi.

Janjal payti Ikrom Roziqov mahalliy yigitlardan birini metal quvur bilan urgan.

"Zenit" futbol klubi fanati 22 yoshli Roman Lovchikov ekani aytilayotgan bu yigit keyinchalik olgan jarohati natijasida olamdan o‘tgan. Mahalliy fuqarolardan yana biri jarohatlanib shifoxonaga yetkazilgan.

To‘rt mahalliy yigit va uch o‘zbek o‘rtasidagi ushbu mushtlashuv payti o‘zbeklar jarohat olganmi yoki yo‘q, bu haqda Sankt-Peterburg Tergov Boshqarmasi saytida biror ma‘lumot berilmagan.

Ayni paytda ushbu janjal futbol bilan bog‘liq bo‘lmagani balki o‘zaro maishiy muammolar natijasida kelib chiqqani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG