Линклар

logo-print

AQSh O‘zbekistonda o‘z xatolarini takrorlamoqda


Kelasi yil saylovi natijasida Oq uyga keladigan ma‘muriyat Obama ma‘muriyati Karimovga nisbatan yuritayotgan siyosati oqibatlari bilan yuzma-yuz qoladi, deydi tahlilchi E. Strolayn.

Kelasi yil saylovi natijasida Oq uyga keladigan ma‘muriyat Obama ma‘muriyati Karimovga nisbatan yuritayotgan siyosati oqibatlari bilan yuzma-yuz qoladi, deydi tahlilchi E. Strolayn.

AQShning O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga urinayotgani Amerika matbuotida muhokama qilinmoqda. 22-23 oktyabr kunlari AQSh Davlat kotibi Hillari Klintonning Toshkentga kelgani ana shu harakatlarning bir qismi deya ko‘rilmoqda. Pokiston bilan munosabatlari kun sayin yomonlashib borayotganidan ko‘rilayotgan zararni Vashington Toshkent bilan aloqalarni yaxshilash hisobiga qoplamoqda, deb yozdi Bo‘hronlarni o‘rganish xalaqaro guruhining jamoatchilik bilan aloqalar dasturi direktori Endryu Strolayn CNN telekanali veb-sahifasida.

Tahlilchining fikricha, prezident Islom Karimov hukumatidek “jirkanch rejim” bilan aloqa qilib, Vashington shu paytgacha tashqi siyosatida qilib kelgan xatolarining navbatdasigiga yo‘l qo‘ymoqda.

“Eron inqilobini eslang, xalqning AQSh qo‘llab-quvvatlagan Shox rejimiga bo‘lgan nafrati uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan anti-amerikanizm kayfiyatiga aylandi. Bu kayfiyat shunchalik kuchliki, u ikki avlodni ko‘rgan Eron rejimining qonuniy arkonlaridan biriga aylandi. AQSh uzoq vaqt davomida Pokistonning harbiy diktatori Parvez Musharrafni qo‘llab-quvvatlab kelgani bugun Amerikani qanday ahvolga tushirib qo‘yganini ko‘ring. U yerda armiya va razvedka xizmatlaridagi hamkorlar nafaqat ishonchsizdir, balki ochiqchasiga dushmanlik qilayotganini ko‘rishimiz mumkin, mamlakatning o‘zi ham inqiroz yoqasidadir. Yoki bugun ro‘y berayotgan Arab Bahorini oling. Bu mintaqada o‘z xalqlarini zulm ostida ushlab kelgan rejimlarni qo‘llab kelgan Vashingtonning endi maydonga chiqqan yangi elita orasida do‘st topish umidlarini shubha ostiga qo‘ymoqda”, deb yozdi Bo‘hronlarni o‘rganish xalaqaro guruhi tahlilchisi “O‘zbekistonning ahamiyati” nomli maqolasida.

Mustabidlarni qo‘llab-quvvatlash AQShga qimmatga tushmoqda, deydi Bo‘hronlarni o‘rganish xalqaro guruhi sharhlovchisi E. Strolayn.

Mustabidlarni qo‘llab-quvvatlash AQShga qimmatga tushmoqda, deydi Bo‘hronlarni o‘rganish xalqaro guruhi sharhlovchisi E. Strolayn.

Endryu Strolayn Ozodlik bilan suhbatda CNN saytida bayon qilgan fikrlarini izohlab berdi. Vashington ochiqchasiga inson huquqlari va demokratiya tushunchalarini chetga surib, mustabid rejimlar bilan aloqa qilish orqali Afg‘oniston va uning tevaragidagi mintaqada barqarorlik o‘rnatish o‘rniga, uzoq muddatda vaziyatni yanada keskinlashtirishini tushunmayapti, deya gapini boshladi Bo‘hronlarni o‘rganish xalaqaro guruhi sharhlovchisi Endryu Strolayn.

– Inson huquqlari masalasini gapirmaganda ham – Bo‘hronlar guruhi inson huquqlari tashkiloti emas va biz bu masalaga xavfsizlik nuqtai nazaridan qarayapmiz – AQShning harakatlari nafaqat Afg‘onistonga xavfsizlik olib kelmaydi, balki butun mintaqadagi vaziyatga salbiy ta‘sir o‘tkazadi, deyish mumkin. Diktatorlik rejimini qo‘llab-quvvatlash va unga ortiqcha ishonish bilan bunga erishib bo‘lmaydi. AQSh va umuman butun xalqaro hamjamiyat o‘n yil davomida Afg‘oniston hukumati va jamoatchiligini tinchlik o‘rnatish jarayoniga jalb qilmasdan, muammoga noto‘g‘ri yondashib keldi. Endi esa yo‘l qo‘yilgan xatolarni tezda tuzatish maqsadida Tolibon bilan kelishuvlarga erishmoqchi. Tolibon esa muzokaralarga xudkush bombachilarni yubormoqda. Bu bilan xavfsizlik o‘rnatib bo‘lmaydi, albatta.

Ozodlik: Endryu, O‘zbekiston masalasiga qaytsak, siz o‘z maqolangizda, Karimov hukumatini AQSh qo‘llab kelgan sobiq mustabid rejimlariga qiyoslab, Amerika yana xato qilyapti, “Karimovning jirkanj rejimi” bilan aloqa qilish vaziyatni yanada murakkablashtiradi, deyapsiz. Lekin O‘zbekiston o‘sha siz aytgan Pokiston yoki Liviya va Misr kabi Arab Bahori mamlakatlarida farq qilmaydimi? Masalan, Karimov Pokiston maxsus ximzatlari kabi Tolibon va boshqa terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlamaganku, har qalay.

– Men Amerika yana o‘sha xatoga yo‘l qo‘yyapti, deb barcha avtoritar rejimlar tabiati bir xil demoqchimasman. Pokistonagi diktatorlik rejimi deganda Parvez Musharraf boshchiligidagi harbiy diktatorlikni nazarda tutdim. U ketishi bilan biz hozir demokratiyaning ba‘zi unsurlarini ko‘rib turibmiz. To‘g‘ri, davlat hamma narsani nazorat qilishga urinmoqda, lekin avvalgidan ko‘ra yaxshilanishni kuzatish mumkin. Eron Shoxining ag‘darilgani yoki bugun Shimoliy Afrikada eng mustabid dikatatorlarning hokimiyatdan chetlatilganidan keyin AQShning bu mintaqalardagi uzoq muddatli istiqbollarini ko‘rsanginz, ularni nekbin, deb bo‘lmaydi. Bugun AQSh Afg‘onistondan chiqib ketishga taraddud ko‘rar ekan, tezdagina vaziyatni iziga solish uchun uzoq muddatli maqsadlarni esdan chiqarib, diktatorlik rejimlari bilan munosabatlarni kuchaytirmoqda. Lekin rejimlar hokimiyatdan qulaganidan keyin bu mamalkatlar xalqlari Amerika haqida qanday fikrda bo‘lishi ularni qiziqtirayotgani yo‘q. Rejimlar ertami-kech ag‘darilishi guvohi bo‘lyapmiz, O‘zbekistonda ham shunday bo‘ladi va, vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekistondagisi juda qonli bo‘lishini oldindan aytish mumkin. O‘shanda o‘zbek xalqi kimning orasida hamkor axtaradi, ularni ezib kelgan rejimni qo‘llagan G‘arbdanmi yo boshqa yerdanmi?

Ozodlik: Lekin O‘zbekistonda qisqa yoki uzoq muddatda rejim o‘zgarishi haqida gapirishimiz qanchalik asosli? Karimov ketadigan taqdirda ham, u 20 yil davomida yaratgan tizim saqlanib qoladi degan fikrlar bor.

– Rejim oxir-oqibat o‘zgaradi albatta, bunga shubha yo‘q. Karimov ham issiq jon, u ham bir kun kelib o‘ladi. Uning o‘z o‘rniga voris tayinlashga doir pichoqqa ilinadigan rejalari hozircha yo‘q. O‘zbekistonda o‘zgarish ro‘y bersa, hokimiyatga ko‘z olaytirib turgan kuchlar juda ko‘p, xalq orasida ham norozilik kuchli. Shu bois Bo‘hronlar guruhi anchadan beri O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgaradigan bo‘lsa, bu zo‘ravonliklar orqali ro‘y berishi ehtimollari juda yuqori, deya ogohlantirib keladi. Buning oqibatida yangi tuzum o‘rnatiladimi yo yangi dikatator keladimi bundan qat‘iy nazar, jiddiy zo‘ravonliklar ro‘y berishi ehtimollari juda yuqoridir. Shuning uchun bu kabi rejimga haddan tashqari tayanish va u bilan sheriklik qilishni uzoq muddatli strategiya, deb bo‘lmaydi. Vashington buni tez orada tushinib olishi va logistikaga oid masalalarga tez yechim topish ilinjida Toshkent rejimi bilan munosabatlarni yanada chuqurlashtirmasligiga umid qilamiz,- deydi Bo‘hronlarni o‘rganish xalaqaro guruhining jamoatchilik bilan aloqalar dasturi direktori Endryu Strolayn
XS
SM
MD
LG