Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:59

“Real Madrid” Toshkentda 100 bolani o‘qitadi


"Real Madrid"da to'p suruvchi Xabi Alonso va Pepe kabi o'yinchilar O'zekistonda ham chiqsa ajab emas.
"Real Madrid"da to'p suruvchi Xabi Alonso va Pepe kabi o'yinchilar O'zekistonda ham chiqsa ajab emas.
24 oktyabr kuni Toshkentda "Real Madrid Foundation" ("Real Madrid" akademiyasi) bo‘limini ochish bo‘yicha muzokoralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, Toshkentga tashrif buyurgan “Real Madrid Foundation" asoschisi Karlos Eskudero de Buron O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashgan.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Karlos Eskudero de Buron akademiyaning Toshkent bo‘limi haqida ma‘lumotlar bergan.

Akademiyaga 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar bola futbol sportini o'rganish uchun qabul qilinadi.

Buronga ko‘ra, hozircha o‘qishning bepul yoki pullik bo‘lishi haqida bir to‘xtamga kelinmagan.

Ayni paytda "Real Madrid"ning butun jahon bo‘ylab 55ta davlatda tashkil qilingan 167ta akademiyasida 30 ming bola tahsil olmoqda.
XS
SM
MD
LG