Линклар

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Turkiya janubi-sharqidagi kuchli zilzila oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Abdulla Gul va Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta‘ziya bildirdi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatiga tayangan holda Uzdaily.uz sayti ma‘lum qildi.

23 oktyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 279ga yetdi, jarohatlanganlar soni 1300 dan oshdi.

Turkiya hukumatining ma‘lumotiga ko‘ra, Van va Erjish shaharlarida qutqaruvchilar zilziladan buzilgan o‘nlab imoratlar vayronalari ostidan tirik qolganlarni topishga urinmoqda.

Turkiya hukumati zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun mamlakatning 38 shahridan yuzlab qutqaruvchilarni safarbar qildi.

24 oktyabr kuni ertalab Erjish shahrida qariyb 600, Van shahrida taqriban 300 qutqaruvchi ishladi.

Turkiya Qurolli Kuchlari tarqatgan ma‘lumotga qaraganda, qutqarish ishlariga 6 batalьon askar jo‘natilgan.
XS
SM
MD
LG