Линклар

logo-print

Yamanda o‘zbekistonlik shifokor o‘g‘irlab ketildi


Keyingi 10 yil davomida Yamanda yuzlab xorijlik o‘g‘irlanib, keyin qo‘yib yuborilgan.

Keyingi 10 yil davomida Yamanda yuzlab xorijlik o‘g‘irlanib, keyin qo‘yib yuborilgan.

24 oktabr kuni Yamanning Marib viloyatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shifokor Vohitov o‘g‘irlab ketildi.

RIA Novosti axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda Rossiyaning Sanaadagi elchixonasi vakili Aydar Tuygunov ma‘lum qilgan.

Dastlab Vohitov Rossiya fuqarosi ekani aytilgan edi.

Yamanda O‘zbekiston elchixonasi yo‘qligi bois Rossiya elchixonasi Vohitovni ozod qilishga ko‘maklashishga va‘da bergan.

Maribdagi qabila vakillari qamoqxonada bo‘lgan o‘z qabiladoshlarini ozod qilish maqsadida Vohitovni garov sifatida o‘g‘irlagani aytilmoqda.

Joriy yilning mart oyida ham Tojikiston fuqarosi bo‘lgan o‘zbek shifokori 60 yoshli Hamidjon Olchiboyev Yamanning Shabva viloyatida mahalliy qabila vakillari tomonidan o‘g‘irlab ketilib, keyinchalik qo‘yib yuborilgan edi.
XS
SM
MD
LG