Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:57

Bugun Muammar Qaddafiy dafn qilinadi


25 oktyabr kuni Liviyaning sobiq lideri Muammar Qaddafiy sahroda yashirin ravishda dafn qilinadi.

Liviya O‘tish davri Milliy kengashi ma‘lumotiga ko‘ra, Muammar Qaddafiy bilan birgalikda uning halok bo‘lgan o‘g‘li Mutassim va Qaddafiyning yordamchisi ham dafn qilinadi.

Qaddafiy o‘limi Liviyada sakkiz oy davom etgan zo‘ravonliklarga yakun yasashi aytilmoqda.

Ayni paytda xalqaro hamjamiyat Liviya O‘tish davri milliy kengashi rahbarlarini hokimiyatdan ag‘darilgan Muammar Qaddafiy qanday o‘lgani haqida aniq ma‘lumot berishga chaqirmoqda.

AQSh Davlat departamenti Liviya O‘tish davri milliy kengashini Qaddafiy qanday sharoitda, nima sababga ko‘ra o‘lgani to‘g‘risida “shaffof” hisobot berishga da‘vat qildi.

O‘tish davri Milliy kengashi Qaddafiy uning tarafdorlari bilan yangi hukumat jangchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan otishma paytida halok bo‘lganini aytib, tekshiruv o‘tkazishga va‘da berdi.
XS
SM
MD
LG