Линклар

FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan 6 pog‘ona yuqorilab, 73-o‘ringa ko‘tarildi.

Iyun o'yinda 86, iyul oyida 83, avgust oyida 82, sentabrda esa 79-o'rinda kelgan O'zbekiston terma jamoasining otli pog'onaga yuksalishiga 2014 yilda joriy oyda o'tgan Braziliyada bo‘ladigan Jahon birinchiligining 3-davra saralash o‘yini doirasida Shimoliy Koreya jamoasini 0:1 hisobida mag‘lub qilgani sabab bo'ldi.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida Ispaniya, Gollandiya va Germaniya terma jamoalari o'rin olgan.

O'zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog'onasi 2006 noyabr oyiga to'g'ri keladi. O'shanda terma jamoamiz jahon reytingi bo'yicha 45-o'rinni olgan edi. Eng past pog'onani esas (119-o'rin) O'zbekiston 1996 yilning noyabr oyida egallagan edi.

Osiyo zonasida esa O'zbekiston 6-o'rinda mustahkam bormoqda. Birinchi beshtalikga Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy terma jamoalari kirgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O'zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga birinchi yuztalikga kirish nasib etmadi - Qozog'iston 129, Tojikiston 130, Turkmaniston 145, Qirg'iziston esa 186-chi o'rinda.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.

Eslatamiz, kelasi oyda O'zbekiston terma jamoasi 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichi doirasida 11 noyabr kuni Toshkentda Shimoliy Koreya terma jamoasi bilan, 15 noyabr kuni esa Tojikiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Joriy yilning 2 sentyabrdan 2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan bellashuvlar natijasida ikkita eng sara jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

11 noyabr kuni O‘zbekiston-Shimoliy Koreya; 15 noyabr kuni O‘zbekiston-Tojikiston; 29 fevral kuni Yaponiya-O‘zbekiston o‘yinlari o‘tkazadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG