Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:04

Obama: Qaddafiy o‘limi barcha diktatorlarga ogohlantiruvdir!


AQSh prezidenti Barak Obamaga ko‘ra, Liviya sobiq lideri Muammar Qaddafiy mamlakatda demokratiya o‘rnatish borasida o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy berdi va o‘zining o‘limi bilan dunyodagi barcha diktatorlarga ogohlantiruv mujdasi yo‘lladi.

- Bu odam 40 yil davomida o‘z mamlakatiga jabr ko‘rsatib keldi, terrorizmni qo‘llab-quvvatladi, u "Arab bahori" payti mamlakatni tinch yo‘l bilan demokratiyaga o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Biz unga keng imkoniyat berdik, biroq u bundan foydalanishni xohlamadi. Siz hech qachon biror kimsa u kabi intiho topishini istamasligingiz aniq. Biroq menimcha bu butun dunyodagi diktatorlarga odamlar erkin bo‘lishi kerakligi haqidagi ulkan bir mujda yo‘llayapti, dedi Barak Obama.

20 oktyabr kuni isënchilar tomonidan shavqatsizlarcha o‘ldirilgan Liviyaning 42 yillik diktatori Muammar Qaddafiy 25 oktyabr kuni sahrodagi maxfiy joyga ko‘mildi.

Ayni paytda Qaddafiyning o‘g‘li Sayful Islom ozodlikda qolmoqda.

Liviya O‘tish davri milliy kengashi ma‘lumotiga ko‘ra, Sayful Islom Niger va Jazoir yaqinidagi sahroda yashirinib yuribdi.

NATO Liviyadagi missiyasini 31 oktyabr kuni yakunlashi kutilayapti.
XS
SM
MD
LG