Линклар

logo-print
"Real Madrid Foundation" ("Real Madrid" akademiyasi)ning Toshkent bo‘limi Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytiladigan “Bunyodkor” futbol klubi bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.

Bu haqda “Bunyodkor” klubining rasmiy sayti orqali ma‘lum qilindi.

24 oktyabr kuni “Real Madrid Foundation" asoschisi Karlos Eskudero de Buron “Bunyodkor” futbol klubiga tashrif buyurib, akademiyaning Toshkent bo‘limi aynan “Bunyodkor” futbol klubi bilan hamkorlikda tashkil qilinishini aytib, “bu hamkorlik doirasida jahon futbolining yangi-yangi yulduzlari yaratilishi” haqida gapirgan.

“Bunyodkor” sayti ma‘lumotiga ko‘ra, "Real Madrid Foundation" akademiyasi delegatsiyasining Toshkentga tashrifi Gulnora Karimovaga tegishli Fond Forum tomonidan tashkillashtirilgan.

Akademiyaning Toshkent bo‘limiga 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar bola qabul qilinadi.

Buronga ko‘ra, hozircha o‘qishning bepul yoki pullik bo‘lishi haqida bir to‘xtamga kelinmagan.

Ayni paytda "Real Madrid"ning butun jahon bo‘ylab 55ta davlatda tashkil qilingan 167ta akademiyasida 30 ming bola tahsil olmoqda.
XS
SM
MD
LG