Линклар

logo-print

O‘zbekistonda sog‘lom avlod shakllantirish rejasi tasdiqlandi


O‘zbekiston hukumati sog‘lomlashtirmoqchi bo‘layotgan o‘zbek bolalari.(Aleksey Protchenkov surati)

O‘zbekiston hukumati sog‘lomlashtirmoqchi bo‘layotgan o‘zbek bolalari.(Aleksey Protchenkov surati)

Respublika hukumati bolalar tarbiyasini mukammallashtirish¸ sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasini qabul qildi.

Hukumat qaroriga muvofiq¸ mazkur reja olti asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ular orasida “bolalar farovonligini ta‘minlash yuzasidan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish¸ o‘sib kelayotgan avlod manfaatlari himoyasi yo‘lida qilinayotgan ishlarni keng yoritish; onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishni kuchaytirish¸ sog‘lom hayot tarzini shakllantirish; bolalar maorifi¸ tarbiyasi va rivojlanishi sifatini oshirish” kabi yo‘nalishlar bor.

Aytilishicha¸ O‘zbekiston hukumati ushbu reja asosida 2012-2013 yillarda ayollarni maxsus polivitaminlar bilan ta‘minlashga 24 milliard so‘m¸ bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi 100 foiz emlashga esa 14¸1 milliard so‘m ajratadi.

Shuningdek¸ 260 mingdan oshiq bolani sog‘lomlashtirish lagerlariga yuborish¸ 1000 nafar onani bolasi bilan sanatoriyda davolash uchun yana davlat g‘aznasidan 60 milliard so‘m ajratiladi.

2011-2013 yillarda O‘zbekiston hukumati bolalar musiqa va san‘at maktablari moddiy-texnikaviy bazasini kuchaytirish maqsadida 330 milliard so‘m¸ maktab¸ litsey va kollejlar qurish¸ ta‘mirlash va jihozlash uchun 143¸4 milliard so‘m sarflashni mo‘ljallagan.

Hukumat rejasiga ko‘ra¸ 1-sinf o‘quvchilarini o‘quv materiallari komplekti bilan ta‘minlash va kam ta‘minlangan oilalar bolalariga qishki kiyim-bosh berish uchun 35,9 milliard so‘m ajratish¸ homiladorlik¸ tug‘ish va bola parvarishi bilan bog‘liq nafaqalarni to‘lash uchun davlat byudjetidan 1¸5 trillion so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan.
XS
SM
MD
LG