Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:26

Toshkentdagi Singapur instituti talabalari diplomsiz qolmaydi


Internetda paydo bo‘lgan xabarlar Singapur menejmentlikni rivojlantirish instituti talabalarini tashvishga soldi.
Internetda paydo bo‘lgan xabarlar Singapur menejmentlikni rivojlantirish instituti talabalarini tashvishga soldi.
Toshkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantirish instituti talabalarinining diplomsiz qolishi haqida Internetda tarqalgan xabarni o‘quv yurti rahbariyati rad qilmoqda.

Toshkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantirish institutida tahsil olayotgan mingdan ortiq talabalar diplom ololmasligi haqida xabar 24 oktyabr kuni paydo bo‘ldi. Yiliga 5000 AQSh dollari miqdorida pul to‘lab o‘qiyotgan talabalar xalqaro toifadagi oliy ma‘lumot diplomisiz qolishi mumkin.

Bu haqda xabar tarqatgan Uzmetronom.com Internet saytiga ko‘ra, institutda tarqalgan janjalga, Singapur instituti bilan shartnoma tuzgan Buyuk Britaniyaning Uels universiteti o‘z faoliyatini to‘xtatgani va Bredford universiteti o‘tgan yilda toshkentlik talabalarga diplom berishni to‘xtatgani sabab bo‘ldi. Bredford universiteti rahbariyati buning sababini Singapur universiteti talabalarining Bredford ta‘lim talablariga javob bermaydigan holda tayyorlanayotgani bilan izohlagani aytiladi.

Gap shundaki, Singapur menejmentlikni rivojlantirish instituti xususiy institut bo‘lib, u diplom berish litsenziyasiga ega emas. Shartnomaga ko‘ra, diplomlarni yuqorida nomlari keltirilgan universitetlar beradi.

Ozodlik bu masalaga oydinlik kiritish uchun institut rahbariyati bilan bog‘landi. O‘zini tanishtirmagan institut xodimalaridan biri haqiqatan ham diplom yuzasidan kelishmovchilik yuz berganini tan oldi:

- Institut rahbariyati bu masala bo‘yicha har bir studentga axborot bergan. Boshqa hech narsa ayta olmayman,- dedi institut xodimasi.

Toshkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantirish institutida tahsil olayotgan talabalardan biri Ozodlik bilan suhbatda ismi sir qolishini iltimos qildi. Unga ko‘ra, bu voqea haqiqatan ham ularni cho‘chitib yuborgan, biroq institut rahbariyati ularning diplomsiz qolmasligi haqida har bir talabaning elektron pochtasiga yozib bildirgan:

- Bizlarga institutning Singapurdagi prezidenti xat yuboribdi, rektorning nomiga, o‘shalarni ko‘rsatib. Rektor“Sizlar xavotir olmanglar” deb ota-onalarga, o‘quvchilarning hammasiga majlis qilib yig‘ib aytishdi, har bir sutdentga xat yozdi. “Sizlar xavotir olmanglar. Bu bo‘lmagan narsa. Ozgina tushunmovchilik bo‘lgan edi” deyishdi. “Endi Shotlandiya universiteti tomonidan beriladigan diplomni Angliya beradi. Diplom eng kattasidan tarqatiladi” deyapti.

Bredford biz uchun yopilibdi lekin. Rostakam yopilgan. Cherez chur qiyin bo‘lgani uchun va bolalar ancha-muncha qiynalib qolgani uchun ylarni yo‘q qilib tashlashdi. Yiqilgan bolalarga qaytib topshirishlar bo‘lmadida. Juda qiyin bo‘lib ketdi,- deydi Toshkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantirish instituti talabasi.

U endi Buyuk Britaniyaning qaysi universiteti diplomi berilishini eslolmadi.

Uzmetronom saytiga ko‘ra, hozircha Singapur menejmentlikni rivojlantirish institutining faqat turizm bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan “Southern Cross” universiteti bilan shartnomasi saqlanib qolgan, xolos.

Toshkentdagi Singapur menejmentlikni rivojlantirish institutida O‘zbekiston moliya bozori uchun bank xodimlari, iqtisodchilar tayyorlaydigan “Biznes boshqaruvi”, “Bank ishi va moliya”, “Biznesda yangi axborot texnologiyalari”, “Turizm va sayohat” fakulьtetlari amal qiladi.

O‘zbekiston Banklar uyushmasi institut muassislaridan biri hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG