Линклар

Tatariston poytaxtida qurilayotgan ko‘p qavatlik turar-joy binolaridan birida o‘zbekistonlik yosh gastarbayter jasadi topildi¸ deb xabar qildi respublika Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.

Aytilishicha¸ 25 oktyabr tungi soat 10 da Qozondagi Chistopolьskaya va Amirxon ko‘chalari kesishgan joyda qurilayotgan sakkiz qavatlik uy qorovuli shaxtaning beshinchi qavatidan o‘zbek yigitining jonsiz jasadini topgan va bu haqda politsiyaga xabar qilgan.

Tergov taxminicha¸ 21 yashar mardikor yigit tepadan tushib nobud bo‘lgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv boshlangan va jinoiy ish ochish-ochmaslik haqida dastlabki tekshiruv uning xulosasiga asosan qaror qabul qilinadi¸ deyiladi Tatariston Tergov qo‘mitasi axborotnomasida.
XS
SM
MD
LG