Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:52

Ukraina o‘zbek mashinalariga o‘z bozorini yopdi


15 noyabrdan Ukraina Vazirlar Kabinetining “O‘zbekiston Respublikasidan yengil avtomobillar importini litsenziyalashtirish va kvota o‘rnatish to‘g‘risida”gi N1073 sonli qarori kuchga kiradi.

Unga ko‘ra¸ 2015 yilga qadar Ukrainaga yiliga uch donadan oshiq bo‘lmagan sonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil olib kirilishi mumkin.

Qarorda ta‘kidlanishicha¸ “Tashqi iqtisodiy faoliyat haqida”gi Ukraina qonunining 29-bandiga ko‘ra qabul qilingan mazkur cheklov¸ O‘zbekiston hukumatining Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tahqirlovchi munosabatiga javob sifatida qabul qilingan.
XS
SM
MD
LG