Линклар

"O‘zbekneftgaz" bilan Rossiyaning "Petromaruz" kompaniyalarining qo‘shma loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2012-2015 yillar davomida benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish ko‘payadi.

Oilcapital.ru sayti ma‘lumotiga ko‘ra, 42,3 million AQSh dollari qiymatidagi yangi loyiha O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi- Surxondaryodagi “Jarqo‘rg‘onneftqaytaishlash” zavodida amalga oshiriladi.

Asosan Rossiya investitsiyasi sarflanayotgan ushbu loyihaga ko‘ra, 2016 yildan boshlab O‘zbekistonda benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish o‘rtacha ikki barobarga oshadi.

Podrobno.uz axborot agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 689,4 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga ko‘pdir.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida, ayniqsa, Toshkent shahrida tez-tez benzin taqchilligi kuzatilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG