Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:37

O‘zbek chegarachilari 10 kilo geroinni ushladi


O‘zbekiston Chegara xizmati harbiylari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilayotgan 10 kilogramm geronni qo‘lga oldi.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga tayanib xabar yoyinlagan 12.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, dastlab “Xo‘jand-Kaunas” yo‘nalishida ketayotgan poyezdning to‘sini bilan g‘ildiragi orasiga yashirilgan 5 kilogramm 210 gramm geroin topilgan.

Keyingi holatda “Bekabod” chegara punktida “Xo‘jand-Bekabod” yo‘nalishidagi poyezdda o‘tkazilgan tekshiruvda yana 5 kilogramm geroin aniqlangan.

Ayni paytda ikkala holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.
XS
SM
MD
LG