Линклар

26 oktyabr kuni Toshkentdagi “Alisher Navoiy” san‘at saroyida tantanali ravishda o‘tkazilgan taqdimot marosimidan bir kun o‘tib, “Nafs” filmining kinoteatrlarda namoyish etilishi man qilindi.

Newsuz.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, 27 oktyabr kuni Toshkent ko‘chalaridagi “Nafs” filmi reklamasi aks etgan bannerlar ham olib tashlangan.

Taniqli san‘atkor Farrux Soipov rejissyorligida suratga olingan ushbu filmga qo‘yilgan taqiq rasman izohlanmayapti.

“Nafs” filmida o‘zbek shou biznesidagi salbiy holatlar aks etgani aytilmoqda.

Bugungi o‘zbek kinosining taniqli aktyorlaridan biri Farrux Soipov joriy oyning boshida bir hafta davomida hibsda saqlanib, 8 oktyabr kuni qo‘yib yuborilgan edi.

Farrux Soipovga yaqin manbaning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, aktyor Gulnora Karimovaning sevimli aktyorlaridan biridir. Yaqinda Farrux ichish va chekishni tashlab, namoz o‘qishni boshlagan. Manbaga ko‘ra, Farrux Soipov diniy ekstremizmda gumon qilinib, hibsga olingan edi.

Asli kasbi huquqshunos bo‘lgan Farrux Soipov 2003 yildan boshlab kino olamiga kirib keldi va tez orada taniqli aktyorlar qatoridan o‘rin egalladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG