Линклар

Italiyalik xonanda Eros Ramazotti Toshkentda hayriya kontserti berdi.

Kontsert Gulnora Karimovaning Style.uz xaftaligi doirasida 28 oktyabr kuni o‘tkazildi.

Kontsertdan tushgan mablag‘ ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemor ayollarga yordam uchun sarflanishi aytilmoqda.

Italiya matbuotida esa 48 yashar Ramazottining yakkahukmronlikda ayblanayotgan mamlakatda qo‘shiq kuylashi sharmandali xol ekani borasida maqolalar bosilgan.

Bundan avval italiyalik dongdor qo‘shiqchi Al Bano Samarqandda o‘tgan "Sharq taronalari" festivalida qo‘shiq kuylagan va prezident Islom Karimovni olqishlagan edi.

Sting, Rod Styuart va Xulio Igleses kabi mashhur qo‘shiqchilari ham Toshkentda Gulnora Karimova tadbirlarida qo‘shiq kuylagan va xalqaro maydonda qattiq tanqidga uchragan edi.
XS
SM
MD
LG