Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:01

Qirg‘iziston. A.Atambayev hozircha oldinda


Ovozlar sanalmoqda.
Ovozlar sanalmoqda.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 31 oktyabr Bishkek vaqti bilan ertalabki soat 11 gacha 2270 ta ovoz berish uchastkasidan, ya‘ni mamlakatdagi ovoz berish uchastkalarining 98 foizidan saylov bayonnomalari kelib tushganini ma‘lum qildi.

Dastlabki ma‘lumotlarga qaraganda, 30 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston prezidenti saylovida saylovchilarning 63,23 foiz ovozini prezidentlikka nomzod Almazbek Atambayev olgan.

Ikkinchi o‘rinda 14,71 foiz ovoz bilan Adaxan Madumarov bormoqda.

Uchinchi o‘rinda esa Qamchibek Tashiyev. Bu nomzodga saylovchilarning 14,24 foizi ovoz bergani aniq bo‘ldi.

Qirg‘iziston davlati rahbari lavozimiga 16 nomzod da‘vogarlik qildi.

Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiyasiga binoan bu mamlakat prezidenti 6 yillik birgina muddatga saylanadi.

Yakshanba kuni qirg‘izistonliklar o‘zlarining to‘rtinchi prezidentini sayladi.

Birinchi prezident 2005 yilgi, ikkinchi prezident 2010 yilgi tartibsizliklar oqibatida mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan edi.

Hozirgi prezident – Roza O‘tunbayeva O‘tish davri prezidenti hisoblanadi. U 30 oktyabr kungi saylovga saylovchi sifatidagina qatnashdi.
XS
SM
MD
LG