Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:59

MXX muhojirlarni ham nazorat qiladi


Bundan buyon o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari nafaqat Rossiya migratsiya xizmati, balki O‘zbekiston MXXsi nazoratida ham bo‘ladilar.
Bundan buyon o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari nafaqat Rossiya migratsiya xizmati, balki O‘zbekiston MXXsi nazoratida ham bo‘ladilar.
O‘zbekistonning kuch ishlatar idoralari Rossiya va Qozog‘istondan mavsumiy ish izlayotganlar orasida nazoratni kuchaytirdi.

Bu haqda O‘zbekiston respublikasi milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimi Xamza Shokirovning aytganlariga tayanib, Centalasiaonline sayti xabar qildi.

Shokirovga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘istonda ishlayotgan markaziyosiyolik mehnat muhojirlarini O‘zbekiston islomiy harakatiga tortishga urinilmoqda.

Milliy xavfsizlik xodimining aytishicha, O‘zbekiston islomiy harakati a‘zolari uchun Rossiya va Qozog‘iston huquq-tartibot organlari ta‘qibidan yashirinish mumkin bo‘lgan mamlakatlardir.

Biroq Shokirovga ko‘ra, MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari terrorchilikning oldini olish, jinoyatchilarni, shu jumladan, O‘zbekiston islomiy harakati a‘zolarini qo‘lga olish uchun barcha resurslarni ishga solmoqdalar.

Ayni paytda Rossiyada O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra 12 oktyabrda ekstremizm va terrorchilikda gumon qilinayotgan Farruh Botirov qo‘lga olingan edi. Interpol tomonidan qo‘lga olingan Farruh Botirov Toshkentda portlashlar uyushtirish va davlat tuzimini ag‘darishga uringan noqonuniy tashkilotlarga aloqadorlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, bundan avvalroq O‘zbekiston tomoni Qozog‘iston va Rossiyadan boshpana so‘rab borgan o‘zbekistonlik qochqinlardan bir qanchasini Toshkentga qaytarilishiga erishgan edi. Jumladan, joriy yilning yozida Qozog‘istondan 29 qochqin O‘zbekistonga qaytarilgan. Qochqinlarga nisbatan sud jarayonlari o‘tkazilib, ular uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etilgan.

29 qochqin Olamotadagi hibsxonada saqlanayotgan kezda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan ularning ekstraditsiyasi so‘ralib, yuborilgan so‘rovnomada bu qochqinlarning ayrimlari 1999 yildagi portlashlar, ayrimlari 2008 yilda Anvar qori Tursunovga suiqasd va Ichki ishlar vazirligi mulozimi Hasan Asadov o‘limiga aloqadorlik, yana ayrimlari esa “Jihodchilar”, “Vahhobiylar” kabi diniy oqimlarga aloqadorlikda ayblangani haqida norasmiy manbaalar xabar bergan edi.
XS
SM
MD
LG