Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:54

"Nasaf" Osiyo kubogi sohibi bo‘ldi


Qarshining "Nasaf" jamoasi O‘zbekiston futbol tarixida ilk marotaba OFK kubogi sohibiga aylandi.
Qarshining "Nasaf" jamoasi O‘zbekiston futbol tarixida ilk marotaba OFK kubogi sohibiga aylandi.
Qashqadaryoning "Nasaf" jamoasi “Quvayt” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, ilk bor Osiyo kubogini O‘zbekistonga olib keldi.

Final o‘yini Qarshidagi markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tdi.



(YouTube saytidan olingan bu videolavha uzfutbol niki ostidagi foydalanuvchiga tegishli)

Nasaf jamoasi O‘zbekiston futboli tarixida Osiyo Futbol konfederatsiyasi kubogi sohibiga aylangan ilk jamoa bo‘ldi.

Tarixiy o‘yindan so‘ng "Nasaf" jamoasi matbuot xizmati kotibi Aziz Nuriy Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashdi.

Ozodlik: Aziz aka¸ avvalambor "Nasaf" jamoasini qo‘lga kiritilgan mana shunday g‘alaba bilan tabriklaymiz.

- Rahmat.

Ozodlik: "Nasaf" uchun bu g‘alaba nimani anglatadi?

- G‘alaba endi juda katta narsa. Chunki O‘zbekiston futbol tarixida ilk marta "Nasaf" jamoasi kubok sohibi bo‘ldi. O‘zbekiston Osiyo qit‘asidagi klublar miqyosidagi turnirda birinchi marta finalga chiqdi, birinchi marta kubok sohibi bo‘ldi.

Ozodlik: Sizlar shu g‘alabani kutganmidinglar?

- Endi yil boshida shunaqa maqsad qo‘yilgan edi. Jamoa bilan uchta frontda kurashish¸ ya‘ni O‘zbekiston kubogi, O‘zbekiston chempionati va OFK kubogida muvaffaqiyatli qatnashish maqsad qilib qo‘yilgan edi rahbariyat tomonidan. O‘zbekiston kubogida ham mana hozir finaldamiz. 13 noyabr kuni o‘yin bo‘lib o‘tadi. Mana OFK kubogida g‘alaba qozondik. Birinchi maqsadga erishdik. Ikkinchi maqsad sari odimlamoqdamiz. Chempionat uje hal bo‘lib bo‘ldi. Muddatdan oldin "Bunyodkor" chempion bo‘ldi. Uchta katta maqsadning ikkinchisi amalga oshirish arafasidamiz. Bu ham yomon natija emas. "Nasaf" tarixida ham bu juda yaxshi natija. "Nasaf" hali bunaqa miqyosdagi g‘alabaga erishmaganda. 2002 yilda Osiyo chempionlar kubogida qatnashgan. O‘shanda Osiyoning to‘rtinchi jamoasiga aylangan edi "Nasaf". Osiyo kubogida birinchi o‘rinni olish, butun O‘zbekiston uchun xursand bo‘ldik.

Ozodlik: "Nasaf" tarkibidagi o‘yinchilar legionerlarmi yoki o‘zimizning o‘zbek o‘yinchilarimi?

- O‘zbek yigitlari ham bor, legionerlar ham bor. Bizlarda limit borda. OFK kubogi reglamentiga muvofiq 3+1 degan sistema bor. Ya‘ni uchta legioner dunyoning xohlagan mamlakatidan bo‘lishi mumkin, bitta osiyolik bo‘lishi kerak. Tarkibda mana shu to‘rtta legioner, qolgan hammasi o‘zbek yigitlar.

Ozodlik: Tabriklar kelayaptimi?

- Albatta. Elektron pochtamizga ham, futbolchilarimizga ham, hamma tabrik qabul qilish bilan band¸ desa ham bo‘ladi. O‘yinga OFK prezidentini bajaruvchi Jang Jilong janoblari o‘zlari keldilar, o‘zlari kubokni topshirdi. Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb "Nasaf" futbolchisi topildi. 10ta gol bilan "Nasaf"ning legioner o‘yinchisi chernogoriyalik Ivan Boshkovich turnirning eng yaxshi to‘purari deb topildi. Yana fair play degan sovrin bor. Ya‘ni turnirning eng intizomli jamoasi. Xullas OFK kubogidagi barcha sovrinlar "Nasaf"ga tegdi. 30dan ortiq davlatga translyatsiya qilindi final o‘yini. Yevropada ham ko‘rishdi internet orqali. 2002 yilda "Nasaf" u darajada mashhur bo‘lmagan bo‘lsa, hozir tanildi¸ deb aytish mumkin. Chunki OFK kubogiga e‘tiborsiz qaralmaydi. Menimcha, "Nasaf"ni ko‘pchilik bildi deb hisoblash mumkin.
XS
SM
MD
LG