Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:02

Jahon aholisi soni yetti milliardga yetdi


Kaliningradlik Petr jahonning yetti milliardinchi farzandi bo‘lishi mumkin
Kaliningradlik Petr jahonning yetti milliardinchi farzandi bo‘lishi mumkin
Jahonning yetti milliardinchi bolasi Filippinda tug‘ilgani xabar qilinmoqda.

Ismi Danika Kamacho ekani aytilayotgan chaqaloq yakshanba oqshomi dunyoga kelgan.

Ayni paytda Rossiya rasmiylari sayyoramizning yetti milliardinchi farzandi Kaliningradda dushanba kuni tug‘ilgani va unga Petr deb ism berilganini iddao qilmoqda.

AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi sayyoramizda yashayotgan odamlar soni 31 noyabrda yetti milliardga yetishini hisoblab chiqqandi.

Eslatish joiz, jahonning olti miliardinchi farzandi 1999 yilda Bosniya-Gertsegovinaning Sarayevo shahrida tug‘ilgan edi.

2050 yilga borib jahon aholisi soni to‘qqiz milliarddan oshishi bashorat qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG