Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:23

O‘zbek dzyudochisi chempion bo‘ldi


Abdullo Tangriev final uchrashuvidan so'ng.
Abdullo Tangriev final uchrashuvidan so'ng.
Rossiyaning Tyumen shahrida dzyudo bo‘yicha mutlaq vazn toifasida o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Abdullo Tangriyev jahon chempioni bo‘ldi.

Pekin Olimpiadasida kumush medal sovrindori Abdullo Tangriyev 27 nafar eng kuchli polvonlar ishtirokida o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda ukrainalik Kirill Beletskiyni, frantsiyalik Matyu Torelni, yaponiyalik Xiroki Tashiyamani, yarim finalda Janubiy Koreya vakili Kim Sun Minni mag‘lubiyatga uchratdi.

Hal qiluvchi kurashda esa, Tangriyev dzyudo bo‘yicha Yevropa chempionati sovrindori vengriyalik 25 yashar Barna Bor ustidan sof g‘alaba qozonib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

30 yoshli 120 kilogram vaznga ega Abdullo Tangriyev dunyo reytingida 5 o'rinda turadi. Tangriyev 2008 yili Pekinda o'tgan Olimpiada o'yinlarida 2-o'rinni, jahon chempionatlarida uch marotaba 3-o'rinni, Osiyo chempionatlarida esa 5 marotaba 1-o'rinni egallagan.

Dzyudo bo'yicha jahon chempionati final uchrashuvidan video lavhasi:



"Yosh to'lqin" tahririyati o'zbekistonlik dzyudochi Abdullo Tangriyevni ko'rsatgan yuqori natijasi bilan tabriklaydi.
XS
SM
MD
LG