Линклар

logo-print
Avstraliyaning Adelaida shahrida o‘zbek muhojirlari “O‘zbek milliy maktab”i tashkil qilishdi.

Avstraliyaning Janubiy Avstraliya shtati poytaxti Adelaida shahrida 2005 yilgi Andijon qirg‘inidan so‘ng panoh topgan o‘nlab andijonlik oila istiqomat qiladi.

Xorijda yashab o‘z ona tilini unitayotgan bolalari kelajagidan xavotirga tushgan o‘zbek ota-onalari “O‘zbek milliy maktabi”ni tashkil qilishga qaror qilishgan.

- Asosiysi bolalarimiz o‘z tilini yo‘qotib qo‘ymasligini o‘yladik. Keyin maqsadimiz ular milliylikdan uzoqlashmasligi, O‘zbekiston haqida ma‘lumotlar, ona vatani tarixini bilish, adabiët to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar berish bolalarga,- deydi Adelaidada yashayotgan andijonlik qochqin Ravshanbek Vahobov Ozodlik muxbiriga.

Uning aytishicha, bugun maktab rasman davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda “O‘zbek milliy maktabi”da 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 25 nafar bola tahsil olayapti. Yaqin kelajakda o‘quvchilar soni 50 nafarga yetishi kutilmoqda.



("O‘zbek milliy maktabi" o‘quvchilarining kontsert dasturidan. O‘qituvchilarga ko‘ra, raqs ijrochilarining barchasi xorijda tug‘ilgan o‘zbek bolalaridir)

Andijonda o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan Ra‘no Rajapova “O‘zbek milliy maktibi”da boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berayapti.

- 5 ëshdan 14 ëshgacha bo‘lgan bolalarimizni uch guruhga bo‘lganmiz. Mana shu uch guruhda o‘zimizning reja asosida amalga oshirayapmiz tahsilni. Kitoblarimizning ko‘plariga ota-onalarimiz ërdam berishdi.
Qolaversa do‘stlarimiz ërdam bergan holatda O‘zbekistondan o‘quv qurollarini olib keldik. Asosan boshlang‘ich sinflarniki, hattoki 5-7-sinflargacha o‘quv qurollari ya‘ni kitoblar, adabiët, ona tili kitoblari olib kelindi. Bolalarimiz o‘z ona-tillarida bilim olishmoqda. O‘zbekistonning boyliklari haqida, yer qazilmalari, umuman O‘zbekistonda ketaëtgan katta yutuqlar, hammasidan xabardor qilib turishga harakat qilayapmiz,- dedi Ra‘no Rajapova.

Ravshanbek Vahobovning bir o‘g‘li ham “O‘zbek milliy maktabi”da o‘qiyapti.

"O‘zbek milliy maktabi" o‘quvchilari ustozlari bilan.

"O‘zbek milliy maktabi" o‘quvchilari ustozlari bilan.

O‘z farzandining ona tilini unitmasligida maktabning ko‘magi katta bo‘layotganini aytadi Ravshanbek Vahobov.

- Shunchalik foydasi katta ekan maktabning. Daje biz bu ishni boshlaëtgan mahalimizda qanchalik foydali ekanligini chuqur tushunib yetmagan edik. Bu yerda bizdan oldin kelgan oilalar bor. Shularning oilalari, bolalari o‘zbek tilini 95 foiz yo‘qotib qo‘ygan. Bizda birinchi navbatda shuning oldini olish maqsadi bo‘ldi. Bolalarni o‘zbek milliy tilini yo‘qotmasligi muhim. Bundan tashqari o‘zimizning odobnoma darslari o‘qitilayapti. Yana o‘zbekchilik, milliy urf-odatlar. Uning foyda tomoni qayerda desangiz, men aytay: albatta bir kun kelib vatanga qaytib boramiz. Bolalarimizni yetaklab borganda o‘zimiz ham uyalib qolmaslik. Borsak o‘g‘limiz inglizcha gaplashib tursa. O‘zbekcha gapira olmasa. Kimga qanaqa bilmaymanu, lekin biz uchun juda og‘ir bu narsa,- deydi Ravshanbek Vahobov.
XS
SM
MD
LG