Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:06

Atambayev: AQSh bazasi Qirg‘izistonga xavf tug‘diradi


Qirg‘izistonning yangi prezidenti A. Atambayev.
Qirg‘izistonning yangi prezidenti A. Atambayev.
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Almazbek Atambayev AQShning Qirg‘izistondagi harbiy bazasi mamlakat uchun xavf tug‘dirishi sababli 2014 yilda yopilishi lozimligini bayon qildi.

Yakshanba kungi prezident saylovida 60 foizdan ko‘p ovoz olgan Atambayev ayni paytda Qirg‘iziston Manas aeroportini 2014 yil o‘rtasigacha AQSh harbiylariga ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomaga rioya qilishini urg‘uladi.

AQSh o‘z harbiylarini Afg‘onistonga tashlash va ularga zaruriy yuklarni yetkazishda 2001 yildan beri Manas aeroportidan foydalanib keladi.

Rossiya ham Qirg‘izistonda harbiy bazaga ega. Biroq Atambayev Rossiya bazasi to‘g‘risida hech narsa demadi.
XS
SM
MD
LG