Линклар

Turkiyaning Erzurum aeroportida Qirg‘izistonga qarashli samolyot Gruziyaning samolyoti bilan to‘qnashib ketdi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston samolyoti qo‘nayotgan paytida uchish yo‘lagida turgan Gruziya samolyotiga tegib ketgan.

Avariya paytida Gruziya samolyoti bortida odam bo‘lmagan.

Biroq samolyotga jiddiy shikast yetgan.

Xabarlarga ko‘ra, to‘qnashuv qirg‘izistonlik uchuvchi yo‘l qo‘ygan xatolik sababli ro‘y bergan.

Qirg‘iziston va Gruziya samolyotlari Erzurumga kuchli zilziladan aziyat chekkan aholiga yordam yuklari olib borgan.

Hozir voqea joyida maxsus komissiya tekshiruv olib bormoqda.

XS
SM
MD
LG