Линклар

Justin Biber YouTubeda 2 milliard marotaba tomosha qilindi


Kanadalik 17 yoshli taniqli pop-ashulachi Justin Biber asosan o'spirin yoshlar orasida taniqlidir.

Kanadalik 17 yoshli taniqli pop-ashulachi Justin Biber asosan o'spirin yoshlar orasida taniqlidir.

Kanadalik taniqli pop-ashulachi Justin Biber YouTube video portalida birinchi bo'lib 2 milliardlik tomosha marrasini kesib o'tdi. Ayni damda uning YouTube kanalidagi videolar jami bo'lib 2 milliard 9 million marotaba tomosha qilingan.

Bu haqda xabar berayotganlarga ko'ra, bunga 17 yashar Justin Biberning YouTube saytiga joylashtirgan "Mistletoe" nomli so'ngi xit-qo'shig'i sabab bo'ldi. Atigi ikki hafta davomida "Mistletoe" qo'shig'i YouTubeda qariyb 30 million marotaba tomosha qilingan.

Eslatamiz, Justin Biber bir milliardlik tomosha chizig'ini 2010 yilning noyabr oyida kesib o'tgan edi. Biroq o'sha vaqtda u milliardlik tomoshaga ega bo'lgan ikkinchi inson bo'lgan. YouTubeda milliard tomoshaga ega bo'lgan birinchi inson esa taniqli qo'shiqchi Lady Gaga. Ayni damda Lady Gaga kanalidagi videolar jami bo'lib 1,88 milliard marotaba tomosha qilingan.

YouTube saytida tomoshalar bo'yicha bir milliardlik marrani kesib o'tganlar orasida qo'shiqchi Rianna, Shakira, Britni Spirs, Beyonse, repper Eminem va "Back Eyed Peas" guruhi bor.
XS
SM
MD
LG