Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:16

Hujumchi Luka Toni haydovchilik guvohnomasidan ayrildi


Luka Toni to'p uchun kurashmoqda. 2008 yil, Yevropa chempionati.
Luka Toni to'p uchun kurashmoqda. 2008 yil, Yevropa chempionati.
"Yuventus" futbol klubida to'p suruvchi taniqli hujumchi Luka Toni mast holatda avtomobil haydagani uchun haydovchilik guvohnomasidan ayrildi.

29 oktabr kuni ertalab uyiga qaytayotganida Toni politsiyachilar tarafidan to'xtatiladi va qondagi alkogol miqdorini tekshiruvchi maxsus testdan o'ta olmaydi. Natijada italiyalik hujumchi uch oyga o'z haydovchilik guvohnomasida ayrildi.

Futbol ishqibozlariga ko'ra, Toni o'sha kuni alamidan ichib olgan. Chunki o'sha kunga belgilangan "Yuventus" - "Inter" uchrashuvida u o'z jamoasi asosiy tarkibiga tushmagan edi. Aytib o'tish joiz, joriy mavsumda Toni maydonga kam tushmoqda.

Eslatamiz, 34 yoshli Luka Toni 2011 yanvar oyida "Yuventus" safiga qo'shilgan edi. Bunda oldin u "Jenoa", "Roma", "Bavariya", "Fiorentina" va boshqa klublarda to'p surgan edi. 2006 yili Toni Italiya terma jamoasi safida Jahon chempioniga aylanga edi.
XS
SM
MD
LG