Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:37

O‘zbekistonda vitse-bosh vazir ishdan bo‘shatildi


Uzbekistan -- The building of the parliament in Tashkent, 15Jan2005
Uzbekistan -- The building of the parliament in Tashkent, 15Jan2005
O‘zbekiston Respublikasi vitse-bosh vaziri, Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi raisi Botir Xo‘jayev mamlakat prezidenti farmoni bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi va iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasidagi o‘z manbasiga tayanib xabar qilgan Regnum agentligiga ko‘ra, Botir Xo‘jayev yangi ish joyida makroiqtisodiy parametrlar valyuta-moliyaviy muvozanat masalalari hamda respublika investitsion dasturlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Vitse-bosh vazir lavozimida Botir Xo‘jayev kommunal xo‘jalik, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati sohalarini nazorat qilgan edi.

Botir Xo‘jayev tayinlangan lavozimda, deyiladi xabarda, iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohalar va mintaqalar rivojlanishi masalalari bo‘yicha muovini lavozimiga o‘tkazilgan Dilmurod Turdiyev xizmat qilib kelgan.
XS
SM
MD
LG