Линклар

Shov-shuv.uz saytiga hujum qilganini iddao qilayotgan hakerlar vakilining Ozodlikka aytishicha, ular bir necha soat davomida O‘zbekiston shou-biznesi hayotini yoritadigan saytni ishdan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zini Kesh Anderson deb tanishtirgan hakerga ko‘ra, ular Shov-shuv.uz sayti ma‘lumotlar bazasiga hujum qilishgan.

Hujum natijasida saytning asosan arxiv ma‘lumotlariga jiddiy talafot yetkazilgan.

- Biz sayt arxividan taxminan 500 ta ma‘lumotni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldik. Bu saytda keraksiz va odamlar fikrini chalg‘itadigan, yengil-elpi ma‘lumotlar ko‘p. Biz hujumdan avval sayt ma‘muriyatini ogohlantirdik. Biroq ular sayt mazmunini o‘zgartirishni rad qilishdi. Shundan so‘ng biz saytga hujum qildik,- dedi Kesh Anderson.

Hujum borasida sayt ma‘muriyatidan biror ma‘lumot olish imkoni bo‘lmadi.

Ayni paytda Shov-shuv.uz sayti normal holatda ishlayapti.

Hakerlar guruhi agar Shov-shuv.uz sayti yana eskicha mazmundagi maqolalarni chop etishda davom etsa, hujumni takrorlash bilan tahdid qilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG