Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:13

Toshkentda Kembrij universiteti o‘quv markazi ochiladi


Toshkentda tashkil etilishi kutilayotgan Kembirj uriversiteti o‘quv markaziga xorijlik mutaxassislarning olib kelinishi aytilmoqda.
Toshkentda tashkil etilishi kutilayotgan Kembirj uriversiteti o‘quv markaziga xorijlik mutaxassislarning olib kelinishi aytilmoqda.
2012 yilda O‘zbekiston poytaxtida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti hamkorligida “Yuqori texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti hamkorligida ochiladigan “Yuqori texnologiyalar markazi” Milliy universitetning fizika tadqiqot instituti binosida joylashadi.

Milliy universitetdan olingan ma‘lumotga ko‘ra, markazni tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston milliy va Kembrij universitetlari o‘rtasida memorandum imzolangan.

Hozirda ushbu memorandum asosida prezident qabul qilgan qarorni bajarish bo‘yicha tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan.

- Bu prezidentning qarori bilan qilinayotgan ish. Kichkina narsa emas, bu davlat miqyosidagi narsa. Hozir tayyorgarlik ishlari boshlandi. Ochiladigan bo‘lsa, hamma ommaviy axborot vositalariga beriladi xabar,- dedi O‘zbekiston Milliy universitetidagi ismi oshkor qilinmasligini so‘ragan manba.

Uning aytishicha, o‘quv markazida, asosan, ilmiy ishlar olib borish rejalashtirilgan.

- Axborot texnologiyalar markazi bu. Faqat fizika bo‘lmaydi. Bu yerda biologiya ham bo‘ladi, ximiya ham bo‘ladi, geologiya bo‘ladi. Tabiat bilan bog‘liq fanlarning hammasi bo‘ladi. Ilmiy ish qilinadi bu yerda,- dedi manba.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Oliy va O‘rta- maxsus ta‘lim vazirligi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Yuqori texnologiyalar o‘quv-tarjiba markazi”ini muassis sifatida tashkil etadilar.

Prezident qaroriga muvofiq, o‘zbek tadbirkorlari va ishbilarmonlari ushbu markaz faoliyatini tashkil qilish uchun 3,5 million yevro miqdorida homiylik yordami berishlari zarur bo‘ladi.

Bu mablag‘ Milliy universitetning fizika tadqiqot instituti binosini ta‘mirlash, laboratoriya va boshqa zarur texnik asbob-uskunalar uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

O‘quv markazi faoliyati boshlanishi uchun bino 2012 yilning 1 iyuliga qadar ta‘mirdan o‘tishi zarur.

Biroq O‘zbekiston Milliy universitetidagi manbaga ko‘ra, asosiy mablag‘ Buyuk Britaniyadan kelmaguncha markaz ochilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

- Bu endi Kembrij universiteti qachon mablag‘ini bersa, shunda ochiladi markaz,- dedi manba.

Britaniya tomonidan bu loyihaga Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi va Kembridj Enterprayz kompaniyasi hamkorlik qilayotgani aytilmoqda.

Podrobno.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2012 yilda ushbu markaz o‘quv-material bazasini tayyorlash uchun 6,7 milliard so‘m ajratadi.

Markazning xorijlik o‘qituvchilariga Kembrij universiteti darajasida oylik maosh to‘lanadi va buning uchun O‘zbekiston davlat byudjetidan 300 ming AQSh dollari ajratiladi.

Markaz xarajatlari va xorijlik o‘qituvchilarning oyliklarini O‘zbekiston davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirish 2015 yilga borib 25 foizga qisqartiladi.

Keyinchalik markaz kim tomonidan moliyalashtirilishi haqida hozircha biror ma‘lumot berilmayapti.

Loyihaga ko‘ra, “Yuqori texnologiyalar o‘quv-tarjiba markazi”ni 2016 yilga qadar Kembrij universiteti vakili boshqaradi.
XS
SM
MD
LG