Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:27

Jizzaxda ayollar ko‘chaga chiqdi


Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 50 dan ziyod xotin-qiz gaz va elektr ta‘minotidagi muttasil uzilishlarga norozilik bildirib, ko‘chaga chiqishdi.

Jizzaxlik ayollarning norozilik namoyishi militsiya ko‘magida tarqatib yuborilgani aytilmoqda. Bu haqda jizzaxlik huquq faoli Baxtiyor Hamroyev Ozodlikka bularni ma‘lum qildi.

- Kecha chiqishgan. Bizga ma‘lum bo‘lishicha, sakkiz kunmi, to‘qqiz kunmi gaz bo‘lmagan. Buning ustiga svet ham bo‘lmagan. Deyarli o‘n kundan beri na quyosh ko‘rinadi, sovuq kunlar boshlandi, odamlar ohiri chiday olmay, chiqishga majbur bo‘ldi,- deydi Baxtiyor Hamroyev.

Huquq faoliga ko‘ra, bu chiqishlar Paxtakor tumanining Navbahor qishlog‘ida bo‘lgan.

Gaz ta‘minotidagi uzilishlardan norozilik bildirib chiqqan ayollar bilan tuman ichki ishlar bo‘limi hodimlari hamda hokimiyat vakillari olib borgan so‘zlashuvlardan so‘ng gaz ta‘minoti yaxshilinishi borasida va‘dalar berilib, ular uylariga tarqatib yuborilgan.

Norozi xotinlarni tarqatish uchun qishloqqa elektr quvvati berildi, lekin oradan ikki soat o‘tib, yana uzildi, deydi huquq faoli.

- O‘sha vaqtning o‘zida svetni yoqqan. Ammo, ayollar tarqab bo‘lganidan so‘ng birdaniga o‘chirishgan,- deydi B. Hamroyev.

Namoyishchilar bu hol davom etadigan bo‘lsa, ular yana ko‘chaga chiqish bilan po‘pisa qilmoqda. Endi hokimiyat odamlari quruq va‘da bilan qutila olishmaydi, deyishmoqda ular.

Jizzahlik ayollarga ko‘ra, tabiiy gaz va elektr ernegiyasi ta‘minotidagi uzilishlar ularning doimiy muammolariga aylangan.

- Gaz yo‘q. Hatto choy qaynatishga yo‘q. Juda qiyinalib ketdik. Adël, chopon o‘ranib o‘tiramiz,- deydi jizzaxlik ayollardan biri.

Huquq faoli B. Hamroyevga ko‘ra, bu har yili kuzatiladigan xoldir.

- Shaharda, ayrim tuman markazlarida gaz bor, qolganlarida umuman yo‘q. Ayrim tumanlarda esa gaz yillab bo‘lmaydi. Qish kelishi bilan har yili kuzatiladigan narsaku bu,- deydi B. Hamroyev.

Ayni paytda “JizzaxGAZ” unitar korxonasining o‘z ismini aytishni xohlamagan xodimlaridan biri viloyatda gaz ta‘minoti risoladagidek, deya ta‘kidladi.

O‘tgan yili ham gaz ta‘minotidagi uzilishlar sabab Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlari aholilari norozilik aktsiyailari o‘tkazgan edilar.
XS
SM
MD
LG