Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:26

Yosh o‘zbek futbolchilari Pokiston termasini mag‘lub qildi


O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a‘zolari Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatining chorak finaligacha chiqishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a‘zolari Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatining chorak finaligacha chiqishga muvaffaq bo‘ldilar.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2012 yilgi Osiyo chempionati uchun Eronda o‘tkazilayotgan saralash musobaqasining “C” guruhi bahsida Pokiston jamoasi ustida 3:0 hisobida g‘alaba qildi.

O‘zbekiston termasining yarim himoyachisi Abbosbek Makstaliyev o‘yinning birinchi yarmida raqib darvozasini 3 marotaba ishg‘ol qilib, “xet-trik”ka erishdi.

19 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionatining saralash musobaqalarida 36 terma jamoa 7 guruhda kuch sinashmoqda.

O‘z guruhida yuqoridagi ikki pog‘onani egallagan jamoalar qit‘a chempionatiga yo‘llanma oladilar.

O‘zbek futbolchilari “C” guruhida Pokistondan tashqari Eron, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalari bilan bellashadi.

O‘zbek futbolchilari 4 noyabr kuni Hindiston jamoasi bilan kuch sinashadi.

Joriy yilning 18 iyun-10 iyul kunlari Meksikada o‘tkazilgan 17 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chorak finalgacha borgan edi.
XS
SM
MD
LG