Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:59

"Bahs maydoni": "Prezident siyosatini qo‘llab quvvatlaysizmi?"


“O‘zbekiston hukumati va prezidenti tutgan siyosatini ma‘qullaysizmi?” mavzusida mamlakatdan tashqarida yashayotgan o‘zbekistonliklar “Bahs maydoni”da tortishdi.

Bahslashuvchilar, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidan bo‘lgan sobiq tadbirkor, ayni paytda Frantsiyada yashayotgan Maxsim Nazirov. U O‘zbekiston hukumati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatidan norozi ekanligini gapirar ekan, buning uchun eng avvalo mamlakat prezidenti Islom Karimov javobgar, degan fikrda.

Maxsim Nazirovning opponenti, ayni paytda hukumatlararo shartnomaga muvofiq Janubiy Koreyada ishlayotgan Marat Mavlonov. U O‘zbekiston Prezidenti siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlashini aytar ekan, O‘zbekistondagi ijtimoiy qiyinchiliklar uchun odamlarning o‘zlari aybdor, deydi.

Maxsim Nazirov: Mening yaqinda ko‘zim bilan ko‘rib kelganlarim shu, odamlar qiynalib yashayapti, erkin so‘z yo‘q. Masalan, Farg‘ona shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga ishga kiraman desangiz 2-3ming dollar miqdorda pora berish kerak...

Marat Mavlonov: O‘sha paytda kerakli takshkilotlarga murojaat qilish kerak....

Maxsim Nazirov: Hozir har bir xonadondan 2-3 kishi chetga mardikorlikka ketgan...

Marat Mavlonov: Rossiyaga yo‘l ochiq ekan deb, biletni olib ketavermaslik kerak. Davlat tomonidan tashkilotlar ochib qo‘ygan, o‘shalardan dokument qilib keyin ketsin...

Maxsim Nazirov: So‘xda tadbirkorlik bilan shug‘ullandim. Bo‘lmadi, hamma yoq korruptsiya, hammasini yedirish kerak...

Marat Mavlonov: Bu yerda bitta narsa borda, Maxsimjon ko‘pni muammosi bilan chiqmayaptida, faqat o‘zini muammosini ko‘taryapti...

Maxsim Nazirov: Umumiy qilib aytsam, O‘zbekistonda tarqqiyot yo‘q. 99 foiz korruptsiya cho‘ntagiga ishlayapti, bir foizi xalqqa qolyapti.

Marat Mavlonov: Karimov yuz yilni oldindan ko‘rgan odam, u kelajakni ko‘ra oladi...

Bahsning to‘liq shaklini quyida tinglang.

XS
SM
MD
LG