Линклар

Ashhobodda Turkiya shirkati tarafidan qurilgan teleminora Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Balandligi 211 metr bo‘lgan minora mamlakat mustaqilligining 20 yilligi arafasida dengiz sadhidan ming metr balanddagi Kopetdog‘ cho‘qqisida qad ko‘tardi.

Minora turkiyaning “Polimeks” shirkati tarafidan qurildi. Quyosh energiyasi ta‘sirida kechayu-kundiz yonib turadigan uklkan sakkiz qirrali yulduz minorani bezab turibdi.

Minoraning 29 vaqatida esa restoran bor. U yerda ovqatlanib poytaxt Ashhobod manzarasini tepadan tomosha qilish mumkin.

Avvalroq, Turkmaniston o‘zining eng katta gilami bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.
XS
SM
MD
LG