Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:58

Forbes: Obama dunyodagi eng katta ta‘sirga ega odam


Forbes jurnali AQSh prezidenti Barak Obamani dunyodagi eng katta ta‘sirga ega odami, deb e‘lon qildi.

Rossiya bosh vaziri bu ro‘yxatda ikkinchi. Forbes jurnalining o‘tgan yilgi reytingida birinchi bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Xu Tszinьtao bu safar uchinchi pog‘onaga tushgan.

Forbes jurnali e‘lon qilgan dunyodagi eng katta ta‘sirga ega odamlar reytingi o‘nligiga Germaniya kantsleri Angela Merkel, Microsoft asoschisi Bill Geyts, Saudiya Arabistoni qiroli Bin Abdul Aziz, Rim papasi Benedikt XVI, AQSh Moliya vaziri Ben Bernanke, Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerber, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronlar kirgan.
XS
SM
MD
LG