Линклар

logo-print

Qodirjon Botirov: Atambayev Qirg‘izistonni qonun doirasiga qaytarishi shart!


Qirg‘izistondagi o‘zbek liderlaridan biri Qodirjon Botirov.

Qirg‘izistondagi o‘zbek liderlaridan biri Qodirjon Botirov.

Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan o‘zbek jamoasi yetakchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda shunday deydi.

Shvetsiya Qirolligi Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbek milliy-madaniy markazi vitse-prezidenti, Qirg‘iziston parlamentining sobiq deputati, yirik tadbirkor Qodirjon Botirovga siyosiy boshpana berdi.

28 oktyabr kuni Jalolobod shahar sudi Qodirjon Botirov va yana besh nafar "o‘zbek liderlari" deb atalayotgan shaxslar ustidan sirtdan hukm chiqarib¸ Botirovni umrbod qamoq jazosiga hukm qilgach¸ Ukrainada vaqtincha boshpana topgan Qodirjon Botirov hayoti tahdid ostida qolgan.

“Qirg‘iziston prokuraturasi Ukraina hukumatiga meni zudlik bilan ekstraditsiya qilish haqida so‘rov yuborgani ma‘lum bo‘lgach¸ siyosiy boshpana berish masalasida Stokholm hukumati favqulodda tezlik bilan harakat qildi”¸ dedi 7 noyabr kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashgan Qodirjon Botirov.

- Men uchun ham bu kutilmagan ish bo‘ldi. Men Ukraina respublikasi Migratsion slujbasiga boshpana berish bo‘yicha ariza yozgan edim. Ishimiz birpasda Qirg‘iziston IIV, prokuraturasiga yetib boribdi. Ular meni Ukraina prokuraturasidan so‘rashib, tezda hibsga olib meni Qirg‘izistonga jo‘natish bo‘yicha qog‘ozlar kelibdi. Shundan keyin biz majbur bo‘ldik xalqaro institutlarga murojaat qilishga. Bular bizga yordam berdi. Shvetsiya qirolligi tarafidan uch kun mobaynida masalamizga ijobiy qarab, hal qilib berdi. Qo‘limizga kerakli hujjatlarni berib, bugungi kunda shu hujjatlar orqali kelib Shvetsiyaga joylashayapmiz¸ dedi Ozodlik bilan suhbatda Qodirjon Botirov.

Jalolobod shahar sudi hukmiga ko‘ra ¸ Qirg‘iziston o‘zbeklari yetakchilaridan bo‘lgan Qodirjon Botirov va Inomjon Abdurasulovlar 2010 yildagi O‘sh voqealarining uyushtiruvchilari sifatida aybdor deb topilib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ayni paytda hukmga ko‘ra¸ Qirg‘iziston janubidagi badavlat o‘zbeklardan hisoblangan bu sudlanganlar mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinadigan bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbat davomida Qodirjon Botirov qirg‘iz sudining bu hukmiga munosabat bildirdi va uni “siyosiy zakaz ijrosi”¸ deya baholadi.

Qirg‘izistondagi mustaqil huquq himoyachilari ham Qodirjon Botirov ustidan chiqarilgan hukmni mamlakatdagi yuzlab o‘zbeklar ustidan o‘qilgan shavqatsiz hukmlar kabi adolatsiz va siyosiy motivlarga asoslangan¸ deya baholadilar.

Xususan¸ “Qilim shami” inson huquqlari tashkiloti rahbari Aziza Abdurasulova 29 oktyabr kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda “bu hukmni hatto uni o‘qigan hakamning o‘zi ham adolatli deb ayta olmaydi” deya fikr bildirgan edi.

Qodirjon Botirovning Shvetsiyadan turib bergan ilk intervyusini quyida to‘liq tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG