Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:54

Geynrix va Jeparovga ovoz bering


O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix 2011 yili Qatarda o'tgan Osiyo kubogida Janubiy Koreya darvozasini nishonga olmoqda.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix 2011 yili Qatarda o'tgan Osiyo kubogida Janubiy Koreya darvozasini nishonga olmoqda.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) 2011 yilda Osiyo qit'asida urilgan eng chiroyli golni aniqlash uchun futbol fanatlari orasida so'rovnoma o'tkazmoqda.

Buning o'zbek futbol ishqibozlari uchun quvonarli tarafi shundaki, so'rovnomadagi saralangan 11 gol qatorida O'zbekiston terma jamoasi hujumchilari Aleksandr Geynrix va Server Jeparovlar mualliflik qilgan gollar ham o'rin olgan.

Futbolchilarimizning yuksak mahoratini hisobga olganda, bunda hech qanday g'ayrioddiylik yo'q, albatta. Biroq O'zbekiston futbolchilarning yana bir bor birinchilar safidan joy oz'bek futbol ishqibozlarini quvontirmay qo'ymaydi.

Geynrixning so'rovnomada qatnashayotgan goli (joriy yili Qatarda o'tgan Osiyo kubogida Xitoy terma jamoasiga qarshi uchrashuvning 45-daqiqasida).



Jeparovning so'rovnomada qatnashayotgan goli (Osiyo kubogida Quvayt terma jamoasiga qarshi o'yinning 65-daqiqasida).



O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedovning Osiyo kubogi ochilish o'yinida Qatar darvozasiga urgan afsonaviy goli negadir so'rovnomada qatnashayotgan gollar orasidan o'rin olmadi.



Bunday golni so'rovnomada qatnashmayotganligi futbol ishqibozlari uchun tushunarsiz bo'lishi tabiiy. OFKdagilar Odilning golini har qanday raqobatdan tashqari deb o'ylagan bo'lsalar kerak, deya o'zimizni ovuntirishdan boshqa iloj yo'q.

Aleksandr Geynrix yoki Server Jeparov goliga ovoz berish uchun ushbu linkga kiring.
XS
SM
MD
LG