Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:25

Eron yadroviy qurol yaratish yo‘lida sinovlar o‘tkazgan


Xalqaro Atom energiyasi agentligi Eron yadroviy qurol yaratish yo‘lida sinovlar o‘tkazgani haqda ma‘lumotlarga egaligini aytmoqda.

Agentlik rahbari Yukiya Amanoning ta‘kidlashicha, Eron yadroviy qurol yaratishga qaratilgan bir qator ishlarga qo‘l urgan.

Rasmiy Tehron o‘zining yadroviy dasturi tinch maqsadlar, jumladan atom quvvatini qo‘lga kiritish maqsadini ko‘zlashini ta‘kidlab keladi.

Biroq, Atom energiyasi xalqaro agentligi mutaxassislariga ko‘ra, Eron yadroviy qurol ishlab chiqarish ustida ishlarni hozir ham davom ettirmoqda.

Ayni paytda Eron rasmiylari Atom energiyasi xalqaro agentligi iddaolari asossiz demoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy agentlik hisobotida Eron yadroviy qurol ishlab chiqarayotganini isbotlovchi biron jo‘yali dalil keltirilmaganini aytdi.
XS
SM
MD
LG