Линклар

Sobiq josus Ikrom Yoqubov o‘zi ustidan bo‘lgan mahkama tafsilotlaridan gapirdi


2008 yilda Yoqubov rasmiy Toshkent O‘zbekiston islomiy harakatini boshqarmoqda degan iddaoni ham ilgari surgan edi.

2008 yilda Yoqubov rasmiy Toshkent O‘zbekiston islomiy harakatini boshqarmoqda degan iddaoni ham ilgari surgan edi.

Britaniyada sud qilingan O‘zbekiston MXX sobiq zobiti bu xususda Ozodlikka izoh berdi.

O‘zbekistonlik sobiq josus Ikrom Yoqubov Britaniyada soxta haydovchilik guvohnomasi bilan qo‘lga tushib mahkamaga tortilgani haqida dushanba kuni xabar qilgan edik.

Britaniyadagi Kingston jinoiy sudining 4 noyabr kungi mahkamasi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq zobiti Ikrom Yoqubovni soxta haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarganlikda aybdor deb topdi.

Sud Ikrom Yoqubovni 8 oy shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Jazoning sinov muddati bir yil qilib belgilandi.

Ayni paytda sud Yoqubovni axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqida ajrim chiqardi.

Sud mobaynida prokuror Yoqubovni O‘zbekistonga deportatsiya qilish talabini ham qo‘ygan, ammo bu talab yuzasidan biror qaror qabul qilinmagan.

Sud hujjatlariga ko‘ra Yoqubov qo‘lga olinganida u yonidagi soxta guvohnomani MXX da ishlagan paytda Lissabonga ish safari bilan borib olganligini aytgan.

Kingston tumani jinoiy mahkamasi Ikrom Yoqubovning haydovchilik guvohnomasini Portugaliyaga qilgan o‘ta maxfiy ish safari chog‘ida qonunan olganiga oid ko‘rsatmasini rad etgan.

Britaniya politsiyasi Yoqubovga oid haydovchilik guvohnomasining qalbaki ekanligini aniqlagan.

Seshanba kuni Ikrom Yoqubovning o‘zi Ozodlik bilan bog‘lanib mahkama Kingston jinoiy sudi qarori yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Quyida Ikrom Ëqubov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG