Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:17

Bokschi Jo Freyzer 67 yoshida olamdan o‘tdi


Kecha AQShning Filadelfiya shahrida boks bo‘yicha og‘ir vazndagi jahon chempioni Jo Freyzer saraton kasalligidan 67 yoshida olamdan o‘tdi.

Bir necha kun avval Freyzerga jigar saratoni tashhisi qo‘yilgan va u Filadelfiya shimoli-sharqida tibbiy muolaja olgan edi.

Joy Freyzer boks olaminining “qiroli” Muhammad Alini yenggan birinchi bokschi sifatida mashhur edi.

“Asr jangi” nomi bilan tarixga kirgan Muhammad Ali bilan Jo Freyzer o‘rtasidagi jang 1971 yili o‘tkazilgan edi.

Freyzer 1970 yili Jimmi Ellisni nokautga uchratib, ilk bor jahon chempioni unvoniga sazavor bo‘lgan edi.

1976 yili Jorj Forman bilan bo‘lgan jang natijasida chempionlik unvonidan mosuvo bo‘lgan Freyzer professional boksni tark etadi.

Oradan 5 yil o‘tib Freyzer boksga qaytadi, biroq boks olamida unchalik taniqli bo‘lmagan Floyda Kamming bilan durang natijaga erishgach, boksni butunlay tark etadi
XS
SM
MD
LG