Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:03

Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da‘vogar


O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov Avstraliya termasi darvozaboniga qarshi. Osiyo kubogi, Qatar 2011.
O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov Avstraliya termasi darvozaboniga qarshi. Osiyo kubogi, Qatar 2011.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va Saudiya Arabistoning “Al-Shabob” klubi yarim himoyachisi Server Jeparov Osiyo futbol federatsiyasining 2011 yilgi yaxshi futbolchilar o‘nligi ro‘yxatiga kiritildi.

Bu ro‘yxatga kirganlar Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi unvoni uchun da‘vogarlik qiladi.

Ayni ro‘yxatga Moskvaning TsSKA jamoasi yarim himoyachisi Keysuk Xonda va Borussiya jamoasi yarim himoyachisi Sinzi Kagava kiritilgan.

Erondan Andranik Teymuryan va Xadi Ahili, Bahraydan Ismoil Abdulatif, Birlashgan Aram Amirliklaridan Ismoil Matar, Janubiy Koreyadan Ku Ja Chxon va Yem Ki Xun, shuningdek, Saudiya Afrabistonidan Muhammad Nur al-Xavsavi ham Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun da‘vogarlik qilmoqda.

Osiyo futbol federatsiyasi 23 noyabr kuni Kuala Lumpur shahrida Osiyoning eng yaxshi futbolchisi ismini e‘lon qiladi.

Esingizda bo'lsa, 29 yoshli O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov 2008 yili Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi unvonini olgan edi.

Ayni damda Jeparovning joriy yilda o'tgan Osiyo kubogida kiritgan gollaridan biri OFK tarafidan o'tkazilayotgan "yilning eng chiroyli goli" tanlovida qatnashmoqda.

Jeparovning tanlovda qatnashayotgan goli (Osiyo kubogida Quvayt terma jamoasiga qarshi o'yinning 65-daqiqasida):

XS
SM
MD
LG