Линклар

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki MoneyGram International tashkilotining pul o‘tkazish tizimiga qo‘shildi.

Bu haqda MoneyGram International matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Bu bilan xorijdan yoki xorijga pul jo‘natishni xohlovchi o‘zbekistonliklar uchun xizmat ko‘rsatadigan shaxobchalar soni ko‘paydi.

Xabarga ko‘ra, yaqin fursatda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankning O‘zbekistondagi 90ta bo‘limida xalqaro pul o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirda MoneyGram O‘zbekistonda 875ta xizmat ko‘rsatish shaxobchasiga ega.

Rossiya Markaziy banki o‘tgan oy e‘lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2011 yilning ikkinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 milliard 67 million AQSh dollari miqdorida pul jo‘natilgan.

O‘tgan yilning shu davrida mehnat muhojirlari O‘zbekistonga 636 million AQSh dollari jo‘natgan.
XS
SM
MD
LG