Линклар

logo-print
Musulmon dunyosidagi ekstremizm sabablari, bu xodisaga turtki bo‘layotgan omillar ko‘plab zamonaviy siyosatchilaru tahlilchilar bahsining asosiy mavzulardan biriga aylangan. “Wall Street Journal Asia” gazetasining Osiyo bo‘yicha sharhlovchisi, diniy ekstremizm mavzusida kitoblar muallifi Sadanand Juma Ozodlik muxbiri bilan suhbatda bu xodisa xususidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi. Tahlilchi suhbatni radikal Islom to‘g‘risidagi fikrlar bilan boshladi.

- Avvalo Islom dini 1 milliarddan ortiq odam e‘tiqod qiladigan dunyoning eng yirik dinlaridan biri ekanini unutmaslik kerak. Radikal Islom esa musulmonlarning kichik qismi ergashadigan hamda davlat va jamiyatning har bir jihatiga kirib borishni maqsad qilgan siyosiy mafkuradir. Radikal islomchilar yer yuzida, jamiyat va davlatning har bir jabhasida ular Xudo tomonidan yuborilgan deb ishonadigan va barcha holatlarni o‘z ichiga oluvchi qonunlar majmui hukm surishi lozim deb hisoblaydi. O‘z e‘tiqodiga ishonadigan va har bir insondek hayotini yashaydigan oddiy musulmon bilan bu kabi dunyoni o‘zgartirish g‘oyasi bilan boshqariladigan radikal islomchi o‘rtasidagi farq ham ana shunda.

Ozodlik: Radikal Islom jamiyatning qaysi qatlamida ko‘proq uchraydi?

- Radikal Islom ayniqsa oliy ma‘lumotli yoshlar orasida ko‘p uchraydi. Menimcha, ularni bu oqimga jalb qiladigan narsa bu oqim barcha savollarga keng qamrovli va oddiy javoblarni taklif qilishidadir. Odatda bu yoshlar oilalarida oliy ma‘lumotli bo‘lgan ilk kishilar bo‘ladi. Ular ko‘proq injenerlik, tibbiyot, tabiiy fanlar va mtematika kabi sohalarda ta‘lim olgan bo‘ladi. Bu g‘oya o‘zining oddiyligi, tabiiyligi bilan ularga yoqib tushadi. Ya‘ni ularning nazdida Shariat o‘rnatilsa, hamma narsa joyga tushadiganday. Bu ularning fikrlashiga mos keladi.

Ozodlik: Bugun radikal Islom bilan mo‘‘tadil Islom o‘rtasidagi raqobatda qaysi tomonning qo‘li ustun kelmoqda, ya‘ni qaysi tomonning tarafdorlari ko‘paymoqda?

- Radikal Islom va mo‘‘tadil Islom o‘rtasidagi bu raqobat hali ko‘p davom etadi. Menimcha, mo‘‘tadil Islomning pozitsiyalari, musulmonlarning aksariyati, har qanday dinda bo‘lgani kabi mo‘‘tadil bo‘lgani tufayli, kuchliroqdir. Lekin shu bilan birga, menimcha, radikal Islom juda yaxshi tashkillashgani va kuchli g‘oyasi bo‘lgani bois ko‘plab mintaqalarda kuchayib borayotgani shubhasizdir. Shuning uchun kimning saflari ko‘proq, degan savolga, mo‘‘tadillar, deb aytgan bo‘lar edim. Lekin kim kuchaymoqda, deb so‘rasangiz, ko‘plab mintaqalarda radikallar kuchaymoqda, deb javob berishga majburman.

Ozodlik: Radikal musulmonlar mo‘‘tadillashtirilishi, jamiyatning umumiy oqimiga qaytarilishi mumkinmi?

- Zo‘ravonlik yo‘lini tanlagan radikallar va radikal maqsadlarni zo‘ravonliksiz amalga oshirish yo‘lini tutganlar ham borligini aytish joiz. Zo‘ravonlar bilan muzokara qilish menimcha qiyinroq bo‘lsa kerak, chunki ular zo‘ravonlik yoki hatto terrorchilikni tanglagani faktining o‘zi ularni barrikadalarning naryog‘iga o‘tkazib qo‘ygan. Zo‘ravon bo‘lmagan radikallarni vaqt o‘tishi bilan o‘zgartirib bo‘ladimi, degan savolga muayan darajada “ha”, deb javob bersa bo‘ladi, menimcha. Masalan, 1960 yillarda Musulmon Birodarlar saylovlarda ishtirok etish g‘oyasiga ishonmagan. Hozir ular saylovda ishtirok etish niyatida. Shuning uchun ma‘lum o‘zgarshlar ro‘y beradi, desa bo‘ladi. Menimcha, ular o‘zgarmayapti, degan fikr yanglishdir. Lekin, menimcha, o‘zaro murosaga erishishda bizga liberal bo‘lib ko‘ringan maydon aslida biz o‘ylagandan ko‘ra torroqdir.

Ozodlik: Islom dini qaysi tomonga yo‘nalishini qaysi omillar belgilaydi?

- Menimcha, omillarni sanasangiz, sanog‘i juda ko‘p. Masalan, Arab bahoridan keyin nima bo‘lishini kuzatib turishimizga to‘g‘ri keladi. Bu o‘lkalarda demokratiya ildiz otadimi, yo‘qmi buni kuzatib borish kerak bo‘ladi. Bu jamiyatlar umumiy ravnaqqa erishishning eng to‘g‘ri yo‘li deb tan olingan bozor iqtisodiyotiga qanday moslasha olishini ko‘rishimiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu faktorlar orasida mamlakatlar siyosiy, demokratiya va iqtisodiy omillarga moslasha oladimi, degan masalalarni qo‘shgan bo‘lar elim. Ana shular istiqboldagi vaziyatni belgilaydigan asosiy omillar bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG