Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:15

Tojikistonda xitoyliklar ko‘payayotganidan tashvish bildirilmoqda


Xitoylik savdogar Dushanbe bozorlaridan birida.
Xitoylik savdogar Dushanbe bozorlaridan birida.
Tojikiston Migratsiya xizmati xitoyliklarning Tojikistonga oqimini tartibga solishni tavsiya qildi.

Bu idora rasmiy ma‘lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Tojikistonda taxminan 80 mingdan ortiq xitoylik fuqaro turli sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Dunyoda aholisi eng ko‘p bo‘lgan Xitoydan ishchi kuchining Tojikistonga tartibsiz va noqonuniy tarzda oqib kelayotgani, migratsiya xizmati mutaxassislari fikricha, o‘z aholisini doimiy ish bilan ta‘minlay olmayotgan kichkina davlat - Tojikistonda kelgusi besh yil ichida ijtimoiy va demografik portlashni vujudga keltirishi tabiiy.

Bugungi kunda, mustaqil kuzatuvchilarning aytishicha, bundan ikki yil oldingiga nisbatan haqiqatan Tojikistonda xitoyliklar soni keskin oshgan. Bugungi kunda mamlakat bozorlarida ishlayotgan xitoylik ishbilarmonlar Tojikistondagi hayotidan rozi ekanini aytadi.

- Tojikistonga arzon mahsulot olib kirgan kishining hayoti ancha yaxshi. Men uchun bu mamlakat eng yaxshi makondir. Ishim yaxshi, poyabzal sotaman, hech kimga xalaqit bermayman. Boshqalarning men bilan ishi yo‘q. Xullas, yashashim juda yaxshi, - deydi o‘zini Szyan Lu deb tanishtirgan xitoylik suhbatdoshimiz.

Uning do‘koni prezidenti qasri ro‘parasida joylashgan bo‘lib, markazdagi eng serxaridor do‘kon sanalar ekan.

Xitoyliklarning mamlakat bozorlarini oson va to‘siqsiz egallab olayotgani oddiy tojikistonliklar noroziligiga sabab bo‘layotgani seziladi.

- Xitoylik savdogar bozorimizga mahsulot olib kirar ekan, yo‘lkirani ham ana shu mahsulot hisobidan chiqaradi. Shu sababli, tabiiyki, ularning topishi biznikidan yaxshiroq. Mana hozir mebel, gilam, oziq-ovqat, kompyuter magazinlarining hammasi ularning qo‘lida. Biror kishi ulardan: “Sen kimsan, bu mamlakatda nima qilayapsan?” deb so‘ramaydi. Hozir har qadamda uchtadan xitoylikni uchratasan kishi. O‘zimizning qariyb ikki million odamimiz Rossiyada sarson bo‘lib yuribdi. Ish shunday ketaversa, Tojikiston Xitoyning bir viloyatiga aylanib qolishi turgan gap, - deydi ismi sir qolishini so‘ragan suhbatdoshlarimizdan biri.

Tojikiston Migratsiya xizmati mutaxassislariga ko‘ra, viza rasmiylashtirib Tojikistonga kelayotgan Xitoy fuqarolari viza muhlati tugagan taqdirda ham ortga qaytib ketmaydi. Aksincha, pora evaziga viza muhlatini uzaytirib, uzoq vaqt qolishga harakat qiladi.

Tojikistondagi “Migratsiya va taraqqiyot” markazi rahbari Muzaffar Zaripov tashqaridan kelayotgan mehnat muhojirlari va ularning bu mamlakatda bo‘lishi jarayonini tartibga solish zarurligini aytadi.

- Hozir ana shu ishni qilmasak, keyin kech bo‘ladi. Tojikistonga xitoylik fuqarolarning tartibsiz ravishda kirib kelishi oldini olishimiz lozim. Undan tashqari, Tojikistonda xorijiy sarmoya evaziga amalga oshirilayotgan loyihalarga ko‘proq mahalliy fuqarolarni jalb etish zarur. Yoshlarimizning aksariyati ishsiz, ularga kasb-hunar o‘rgatishimiz kerak, - deydi Muzaffar Zaripov.

Tojik rasmiylari xitoylik mehnat muhojirlarining mamlakatga oqimini tartibga solishga shaylanayotgan ayni paytda, mustaqil tahlilchilar kuzatishlaricha, Tojikistonda xitoyliklar bilan oila qurish tendentsiyaga aylanib bormoqda.

Tojikistonda yashab, ishlayotgan xitoyliklarning hammasi ham rus, ingliz yoki tojik tilida erkin gaplasha olmaydi. Shunga qaramay, tojik oilalarida xitoylik kuyovlarni ham uchratish mumkin.

Dushanbe shahar markaziy kasalxonasidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, joriy yil 9 oyi davomida birgina shahar tug‘ruqxonalarida xitoylik ota va tojikistonlik onadan dunyoga kelgan 13 nafar chaqaloq qaydga olingan.
XS
SM
MD
LG