Линклар

Bugun bir asrda faqat bir marotaba yuz beradigan va atigi 60 soniya davom etadigan hodisa kuni. Qanday hodisa deysizmi? Ahir bugungi sana 11.11.11 ku! Bugun soat 11:11 ni ko'rsatganda 1 raqami 10 marta birin-ketin keladigan kun!

Raqamlarning sehrli kuchga egaligini targ;ib etuvchi numerologiya fani muxlislarining aytishicha, 11.11.11 kuni soat 11dan 11 daqiqa o'tganda barcha ezgu tilaklarningizni chin dildan niyat qilsangiz ular albatta amalga oshadi.

Buni to'g'ri yoki no'to'g'riligi hali aniqlanmagan bo'lsa-da, ko'pchilik bunday raqamlar ketma-ketligiga katta qiziqish bilan qaraydi.

Odatga ko'ra, bunday qiziqarli raqamlar ketma-ketligi internet ijtimoiy tarmoqlarida katta faollikga sabab bo'ladi. Esingizda bo'lsa, o'tgan yilning 10.10.10 sanasida soat 10:10 da millionlagan Facebook va Twitter foydalanuvchilari ushbu tarixiy daqiqa munosabati bilan o'z statuslarini yangilashgan edi.

Bu safar ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir raqami ketma-ketligini status va xabarlar bilan nishonlamoqda. Twitter ijtimoiy tarmog'idagi o'zbekistonlik foydalanuvchilar bundan istisno emas. Quyida o'zbek Twitterchilari yozgan xabarlardan bir nechtasini keltiramiz.

":) Ana buyuk sananiyam kuzatib qoldik 11.11.11 11:11:11", deya birinchilardan bo'lib yozadi To'lqin Yusupov (@T_Yusupov) o'z Twitter sahifasida.

Toshkentlik blogger Avaz Ibragimov esa raqamlar ketma-ketligiga qiziqib, atayin bugun nikoh toyi o'tkazayotganlaring soni ko'pligini aytadi.

"Bugun ZAGSlarda "boom" bo'larkan-da, a? :) #111111", deya taxmin qiladi Avaz Ibragimov (@uzblogger) Twitterda.

Yana bir o'zbekistonlik Twitterchi Sanjar Rizayev esa raqamlarga ishonmasligini aytadi.

"Bugun 11.11.11 kuni soat 11:11:11 da qanaqadir orzu niyatlarni shu raqamlarga bog'lab hayol qilmasdan, yuvinib-taranib Juma'ga boraman", deydi Sanjar (@SanjarRizayev).

Aziz mushtariy, sizchi? Siz 11.11.11 kuni soat 11:11 da nima qildingiz?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG