Линклар

Toshkentpoytaxtning hamma tumanlarida fuqarolarga yangi biometrik pasport berila boshlandi.

O‘zbekiston IIVning Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga asoslanib Olam.uz portalining xabar qilishicha ko‘ra, yangi pasport muqovasida pasportda biometrik ma‘lumotlar borligini ko‘rsatuvchi belgi tushirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, yangi biometrik pasport olayotgan fuqarolar eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat solig‘i to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Hozir O‘zbekistonda bir oylik eng kam ish miqdori 56 ming 628 so‘mni tashkil qiladi.

O‘zbekiston pezidentining 3 noyabr kuni imzo chekkan farmoniga muvofiq 1 dekabrdan boshlab O‘zbekistonda bir oylik eng kam ish haqi miqdori 62 ming 920 so‘mni tashkil etadi.

Yangi biometrik pasport berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2011 yilga mo‘ljallangan birinchi bosqichda yangi pasport vazirlik va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, xorijdagi shaxslarga beriladi.

Bundan tashqari yangi pasport berilishini so‘rab murojaat qilganlar hamda pasport almashtiradigan yoshga yetgan O‘zbekiston fuqarolariga ham biometrik pasport beriladi.

2012 – 2015 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda Respublikaning hamma fuqarolari qonunda belgilangan tartibda yangi biometrik pasport oladilar.
XS
SM
MD
LG