Линклар

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 1 noyabrdan boshlab birinchi va biznes klassdagi yo‘lovchilarga yangi xizmat turi, ya‘ni, parvoz paytida iPad dan foydalanish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Aviashirkatning Internet saytida ma‘lum qilinishicha, parvoz davomida yo‘lovchilarga foydalanish uchun vaqtincha beriladigan iPad da audio va video yozuvlar, ko‘plab o‘yinlar, yaltiroq jurnallarning elektron versiyasi bor.

Bundan tashqari yo‘lovchilar iPad orqali aviashirkat va O‘zbekiston, shuningdek, mamlakatning tarixiy obidalariga oid ma‘lumotlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

1 noyabr kuni Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent, Toshkent-Frankfurt-Toshkent va Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi va biznes klassda uchgan yo‘lovchilar iPad dan foydalandi.

1 dekabrdan boshlab ayni xizmat yana yetti yo‘nalish, xususan Toshkentdan Istanbul, Pekin, Bangkok, Shorjou, Dubay, Moskva, Kiyevga parvoz qilib ortga qaytadigan samolyotlarda ham yo‘lga qo‘yilishi rejalangan.
XS
SM
MD
LG