Линклар

Rassomni o‘ldirmoqchi bo‘lgan sobiq o‘zbek militsioneri ozod bo‘ldi


Sobiq militsioner David Yakobsen (Alisher Abdullayev) sud mahkamasida.

Sobiq militsioner David Yakobsen (Alisher Abdullayev) sud mahkamasida.

Osloda karikaturachi rassomni o‘ldirmoqchi bo‘lgan va Norvegiyada o‘z ismini David Yakobsen deb o‘zgartirgan asli toshkentlik sobiq militsiya xodimi Alisher Abdullayev 15 noyabr kungi mahkama oldidan qamoqdan ozod qilindi.

O‘zbekistonlik gumondorning politsiyaga o‘zi taslim bo‘lgani va hujum rejasi yuzasidan aybsiz deb bilingani bois Abdullayev qo‘yib yuborilgan.

Xitoylik uyg‘ur Mikael Davud, iroqlik kurd Shavon Sodiq Sayid Bujak va Alisher Abdullayev Payg‘ambarning hajviy suratini nashr qilgan Daniyaning Jyllands-Posten nashri rassomi Kurt Vestegardga hujum qilishni rejalaganlikda ayblangan.

Kurt Vestegardning 2005 yilda nashr qilingan hajviy suvratlari yer yuzidagi musulmonlarni oëqqa qalqitgan edi.
XS
SM
MD
LG